Ukraina bosqini boşlanganidan beri rossiyalik 20 dan ortiq general halok böldi, deb yozdi Nikkei gazetasi Yaponiya razvedkasi ma’lumotlariga tayanib. Bu hisob-kitoblar yaponlar tomonidan AQŞ va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda töplangan ma’lumotlarga asoslanadi.
Yaponiya quruqlikdagi mudofaa kuçlarining sobiq boş ştab boşliği, iste’fodagi general Kiyofumi Ivata bu raqamlarni «aql bovar qilmas darajada yuqori» deb atadi. Uning sözlariga köra, masalan, AQŞ armiyasida bunday yuqori martabali ofitserlar deyarli halok bölmaydi.
Ivata öldirilgan generallar sonining ğayrioddiy köpligini Ukraina armiyasi texnologiya jihatidan Rossiya armiyasidan sezilarli darajada ustun ekani va yuqori martabali ofitserlar manzilini muvaffaqiyatli aniqlaşi bilan izohladi. Şuningdek, generallarning ölimiga ularni jang maydoniga yuboriş amaliyoti ham sabab bölgan.
Yaponiya razvedkasining yuqori martabali xodimi Nikkei naşriga bergan intervyusida Lugansk va Donetsk viloyatlarida yaşovçilar Ukraina Qurolli kuçlariga ma’lumot yetkazgan bölişi mumkinligini aytdi.
2022 yil avgust oyida Britaniya razvedkasi Ukrainadagi janglarda kamida 10 nafar rossiyalik general halok bölganini xabar qilgan edi. Bayonotda aytilişiça, «Rossiya harbiylarining Ukrainaga bostirib kirişi çoğida yomon işlaşi Rossiya harbiy rahbariyatiga qimmatga tuşdi». Fevral oyi boşida The New York Times gazetasi Ğarb rasmiylarining hisob-kitoblariga tayanib, Rossiya armiyasida jami 200 ming kişi halok bölgan va yarador bölganini xabar qilgan edi. Rossiya rasmiylari Ukrainadagi uruşda halok bölganlar va jarohat olganlar soni haqida ma’lumot bermay kelmoqda.


















