“Özbekneftgaz” AJ tomonidan PWC konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda birinçi marta 2021 yil uçun Barqaror rivojlaniş hisobotini (ESG) tayyorladi va e’lon qildi.
Global Reporting Initiative (GRI) va Barqaror rivojlaniş hisob standartlari Kengaşi (SASB) standartlari tizimi asosida barqaror rivojlaniş sohasidagi hisobotlarni tayyorlaş zamonaviy kompaniyalarni ekologik, ijtimoiy va korporativ boşqaruv vazifalarini hal qilişga jalb qiliş va ularning mahalliy, mintaqaviy va global darajada barqaror rivojlanişga qöşgan hissasini aks ettirişga qaratilgan.
“Özbekneftgaz” AJ Barqaror rivojlanişi töğrisidagi hisobotni işlab çiqişda asosiy e’tibor quyidagi uçta tamoyilga qaratildi:
- atrof-muhitga mas’uliyat bilan yondaşiş;
- ijtimoiy mas’uliyat;
- korporativ boşqaruvning sifati.

Hisobotni tayyorlaşda menejment va rivojlaniş strategiyasi, iqtisodiy körsatkiçlar, ekologik qonunlarga rioya qiliş, xodimlar salomatligi va xavfsizligi kabi muhim mavzular doirasida umumiy körsatkiçlar töliq oçib berildi. 100 ta GRI körsatkiçidan 97 tasi, şuningdek, 12 ta SASB körsatkiçlardan 9 tasi töliq oşkor qilindi. Körsatkiçlar xalqaro standartlarga muvofiq töliq oçib berilgan bölib, bu “Özbekneftgaz” AJning muvaffaqiyatli taşkiliy işlari va investitsion jozibadorligini ta’kidlaydi.
ESG tamoyillarini joriy qiliş kompaniyanng jamiyatga, şu jumladan atrof-muhit va iqtisodiyotga ta’sirini hisobga olgan holda işlaşini anglatadi. Bu nafaqat butun iqtisodiyotning barqaror rivojlanişini ta’minlaşga yordam beradi, balki kompaniyaning moliyaviy bölmagan xatarlarini kamaytiradi, uning barqarorligini ta’minlaydi.
“Özbekneftgaz” AJ Respublika aholisi farovonligini oşiriş böyiça faoliyati şaffofligini oşiriş maqsadida har yili barqaror rivojlaniş hisobotini tayyorlaşni va doimiy ravişda ommaga e’lon qilib borişni öz oldiga maqsad qilib qöymoqda.
“Özbekneftgaz” AJ matbuot xizmati
















