Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti oxirgi 5 yillikda aholini uy-joy bilan ta’minlaş böyiça tahlillarni taqdim qildi. Unga köra, 2018 yildan beri uy-joy qurilişi qariyb 2 barobar ortib, aholi jon boşiga uy-joy bilan ta’minlaniş darajasi 15,7 kvadrat metrdan 18,2 kvadrat metrgaça yoki 16 foizga oşgan. 2022 yilda 24,3 mingta, şu jumladan “Yangi Özbekiston” massivlarida 3,5 mingta xonadon foydalanişga topşirilgan.

PMTI 2022 yilning özida aholiga ipoteka kreditlari ajratilgani haqida ham ma’lumot bergan. Unda körsatilişiça, yakka tartibdagi uy-joylarni quriş yoki sotib oliş uçun tijorat banklari tomonidan 37,6 mingta oilaga 8,2 trillion söm miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan (2021 yildagiga nisbatan 2 marotaba köp). Daromadi yuqori bölmagan 16,7 mingta oilaga 767,4 milliard söm miqdorida subsidiya berilgan.