Kreml tanqidçisi, ön yillik qamoqdan söng xorijda surgun qilingan sobiq neft magnati Mixail Xodorkovskiy boşqa muxolifat vakillari bilan Rossiyada davlatni qayta taşkil etiş va hokimiyatni özgartirişga çaqirmoqda. Gap mamlakatning parçalanişi haqida emas, balki federal model haqida, dedi u 10 fevral, juma kuni çop etilgan Şveytsariyaning Blick gazetasiga bergan intervyusida.
"Ikki yöl bor, - deydi hozirda Londonda yaşovçi Xodorkovskiy. - Birinçisi, Yugoslaviya modeli bölib, Rossiya bir neça davlatlarga bölinadi. Bu juda xavfli, yadroviy mojarolar va yangi diktaturalarga olib kelişi mumkin. Men butunlay qayta quriş va Şveytsariyaga öxşaş parlament va federalistik modelga ötiş yölini qöllab-quvvatlayman".
Xodorkovskiyning sözlariga köra, Rossiya elitasini "boşini yöqotişdan" qörqmasdan, hukumatdan yuz ögira olişiga işontiriş kerak. Rossiyada qarşilik bor, lekin bu "rejim larzaga kelgandagina seziladi", dedi u. Xodorkovskiyning aytişiça, u va hamkorlari öz ğoyalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatçilikka yetkazişga, şuningdek, elita vakillari bilan aloqada bölişga harakat qilmoqda.
Davlatni qayta taşkil etiş, Xodorkovskiyning fikriça, kamida yigirma yil davom etadi. "Hozirda Rossiya Germaniya Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan keyin bölgan rivojlaniş darajasida", dedi u.

















