Sport tinçlik elçisi va halollik garovi deyilsa ham ançadan buyon u tinçlik elçisi ham, halollik garovi ham bölmay qoldi. Aksariyat hollarda turli sportçilar raqiblari ustidan ğalaba qozoniş uçun har qanday ğirromlikdan qaytişmayapti.
Ammo ular orasida ğirrom ğalabani özi uçun harom deb biladigan sportçilar ham yetarliça bor va bundaylar har doim qadrlanib kelinadi. Misrlik dzyudo yakkakuraşi ustasi Muhammad Ali Raşvan ana şunday sportçilardan biri bölgan.
1984 yilda ötkazilgan yozgi olimpiada öyinlarida Raşvan dzyudo musobaqalarida olimpiada oltin medallarini yutişga juda yaqin kelgandi.
Finalgaça barça raqiblarini yenggan Raşvan asosiy bahsda raqibining jarohat olgan oyoğiga bir-ikki marta zarba bersa kifoya – oltin medal naqd edi.
Biroq Raşvan ğirromlik bilan ğalaba qozonişni xohlamaydi. U halollik bilan kuraşadi va raqibiga oçkolar böyiça yutqazadi. Ana şu işi ortidan u dunyoga maşhur böladi.

Muhammad Ali Raşvan
Muhammad Ali Raşvan 1956 yilda Misrning Iskandariya şahrida tuğiladi. U yoşligidan sportning dzyudo turi bilan jiddiy şuğullanadi va musobaqalarda qatnaşa boşlaydi.
Raşvan 16 yoşida Ispaniya va Çexoslovakiyada ötkazilgan xalqaro musobaqalarda iştirok etadi. Keyinçalik u ulğayib öta oğir vazn toifasida musobaqalarda qatnaşa boşlaydi.
1980-yillar boşida Raşvan dunyoning eng kuçli dzyudoçilaridan biri edi. U 1982 hamda 1983 yillarda ötkazilgan Afrika çempionatida oğir vazn toifasida çempion böladi.
1984 yilda AQŞning Los-Anjyeles şahrida ötkazilgan yozgi olimpiada öyinlarida Raşvan muvaffaqiyatli iştirok etadi. U finalgaça barça raqiblarini yengadi. Biroq hal qiluvçi bahsda yaponiyalik raqibidan yengilib, kumuş medal oladi.
U 1985 va 1987 yillarda dzyudo böyiça ötkazilgan jahon çempionatida kumuş medal sohibi böladi.

Dzyudo böyiça öta oğir vazn toifasi Los-Anjyeles olimpiadasidan söng musobaqalardan olib taşlanadi. Bu vazn toifasidagilar oğirligini kamaytirib, oğir vaznga ötişga majbur böladi.
























