Eron ötgan yili Rossiyaga uzoq masofaga uçuvçi jangovar dronlar partiyasini kontrabanda yöli bilan yuborgan. Bu haqda Britaniyaning Guardian naşri Erondagi manbalariga tayanib yozdi.

Qayd etilişiça, gap Rossiya tomonidan Ukrainaning muhim infratuzilmasiga zarba berişda foydalaniladigan «Şohid» kamikadze dronlari haqida emas. Moskva uzoq masofadan raketa zarbalarini beriş imkoniyatiga ega murakkabroq dronlarni olgan.

Naşrning yozişiça, 2022 yilning noyabr oyida rossiyalik 10 nafar ofitser va muhandisdan iborat delegatsiya Tehronga borgan. Ularga Eron harbiy texnologiyalarining barça imkoniyatlari namoyiş etilgan. Ruslar oltita «Muhojir-6» dronini tanlagan, ular 200 km masofaga uça oladi va har bir qanoti ostida ikkitadan raketaga ega.

Şuningdek, ular yerdagi nişonlarga zarba bera oladigan «Şohid-191» va «Şohid-129» droniga qiziqiş bildirgan. Kamikadze dronlaridan farqli ölaroq, bunday qurilmalar zarba berganidan söng, bazaga qaytib kela oladi.

Şu bilan birga, Eron 54 kişidan iborat muhandislar guruhini Moskvaga rossiyalik harbiylarga dronlarni boşqarişda yordam beriş uçun yuborgan.

«Rossiya Turkiyaning Bayraktar-TB2 dronlari bilan taqqoslanadigan murakkabroq apparatlarni olişni istagan bölişi mumkin, çunki Ukraina past balandlikda uçadigan kamikadze-dronlarga qarşi kuraşda muvaffaqiyat qozonmoqda», deb yozdi naşr.

Rossiyaga yuborilgan dronlar yaqinda havo zarbalariga uçragan Isfaxon şahridagi zavodda işlab çiqarilgan. Amerika matbuotiga köra, bu hujum ortida Isroil turibdi, uning asosiy maqsadi öz xavfsizligi edi.

Gazetaning yozişiça, Rossiyaga yetkazilgan dronlar partiyasi 20 noyabr kuni Ukrainaga qarşi qöllangan. Moskva bunday dronlarni köproq olişini xohlagan edi, ammo zarbalardan söng Isfaxon zavodiga katta zarar yetdi, deydi mualliflar.

Rossiya noyabr oyida olgan «Muhojir-6» dronlari havoda olti soat qolişi mumkin va elektr quvvati bilan işlaydi. Ular 40 kilogrammli bombalarni olib yuradi va yuqori aniqlikdagi yönaltiriş tizimi bilan jihozlangan, deb yozdi Guardian.

Şu bilan birga, «Şohid-129» droni 60 kg oğirlikdagi raketani olib yurişi mumkin, ammo havoda tört soatdan köp bölmagan vaqt davomida qoladi. «Şohid-191» dronining parvozi davomiyligi beş soatni taşkil qiladi va 70 kg oğirlikka ega bombalarni kötara oladi. Bu ikkala dron ham Germaniyada işlab çiqarilgan, modifikatsiyalangan dvigatellar bilan jihozlangan.