Isroil xavfsizlik kabineti okkupatsiya ostidagi Ğarbiy sohilda töqqizta ruxsat etilmagan aholi punktlarini qonuniylaştirişga qaror qildi. Tegişli rezolyutsiya 12 fevral, yakşanba kuni bölib ötgan yiğiliş yakunlari böyiça yanvar oyida Quddusga uyuştirilgan ikki hujum munosabati bilan qabul qilindi.

The Jerusalem Post ta’kidlaganidek, bu «juda kam uçraydigan qadam». Öz navbatida, dpa agentligi u Qöşma Ştatlar pozitsiyasiga aniq zid ekanligini ma’lum qildi.

Qarorda qayd etilganidek, bu aholi punktlari uzoq vaqtdan beri, ayrimlari esa önlab yillar davomida mavjud.

Dpa agentligi ma’lumotlariga köra, yaqin kunlarda tegişli qömita uşbu aholi punktlari hududida qöşimça uy-joylar quriş böyiça yiğiliş ötkazişi kerak.

2022 yil dekabr oyi oxirida Isroilning yangi hukumati qasamyod qildi. Bir yarim yillik muxolifatdan söng vazirlar mahkamasi rahbari lavozimiga qaytgan boş vazir Benyamin Netanyaxu vazirlar mahkamasining 33 nafar a’zosini, jumladan, öng qanot millatçi diniy koalitsiya vakillarini taqdim etdi. Ekspertlarning fikriça, bu - Isroil tarixidagi eng öng hukumat. Birinçi marta uning tarkibiga öng qanot ekstremistlar va jinoiy javobgarlikka ega bölgan odamlar kirgan.

Yangi hukumat bosib olingan Ğarbiy sohilda aholi punktlarini kengaytiriş siyosatini olib boriş niyatini e’lon qildi.