Isroil samolyotlari 13 fevral, duşanbaga ötar keçasi Ğazo sektoridan otilgan raketalarga javoban HAMAS harakati raketalar işlab çiqariş uçun xomaşyo saqlagan yerosti majmuasiga hujum qildi. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. Isroil yerosti majmuasiga hujum ötgan hafta oxirida Ğazodan otilgan raketaga javob bölganini aytdi. Falastinliklar bu otişma uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmadi.
13 fevralga ötar keçasi Isroil janubida havo trevogasi sirenalari yana yangradi. 11 fevral oqşomida Ğazo sektoridan Isroilga qarata otilgan raketa Isroil havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan tutib olindi. Qurbonlar va vayronalar haqida ma’lumotlar yöq. Isroil armiyasining bildirişiça, Ğazo sektoridagi hukmron HAMAS uşbu mintaqa hududidan çiqayotgan barça harakatlar uçun javobgardir.
Taxminan bir hafta oldin Isroil samolyotlari Ğazo sektoriga xuddi şunday zarbalar bergan edi. Isroil va Falastin hududlarida keskinlik bir neça haftadan beri davom etmoqda. Bu yil töqqiz nafar isroillik va bir ukrainalik ayol hujumlar oqibatida halok böldi. Deyarli bir yil avval hujumlar tölqini boşlanganidan beri Isroil armiyasi Ğarbiy sohilda deyarli har kuni amaliyotlar ötkazmoqda. Birgina joriy yilning özida 40 dan ortiq falastinlik halok böldi.
Isroil 1967 yilda Ğarbiy sohil va Şarqiy Quddus ustidan harbiy nazorat örnatdi. Bugungi kunda u yerda 600 mingdan ortiq yahudiy köçmançilari istiqomat qiladi. Falastinliklar poytaxti Şarqiy Quddus bölgan mustaqil davlat yaratmoqçi bölgan bu hududlarga da’vo qiladi.

















