10 fevral kuni Qozoğistonning Turkiston şahrida Markaziy Osiyo davlatlarining birinçi parlamentlararo forumi bölib ötdi. Unda Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi parlament delegatsiyasi ham iştirok etdi.

Forum iştirokçilariga Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qutlov sözlarini yölladilar. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning qutlov sözini Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva öqib eşittirdi.

Forumda Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida strategik hamkorlikni mustahkamlaş va uşbu jarayonda parlamentlarning rolini yanada oşirişga doir masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Forumda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş borasida parlament diplomatiyasining örni va ahamiyati tobora ortib borayotgani, ayniqsa, global tahdidlar kuçayib borayotgan hozirgi şaroitda qardoş va özaro döst xalqlar parlamentlarining sa’y-harakatlarini birlaştiriş, ularning salohiyatidan yanada kengroq foydalaniş har qaçongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Özbekiston parlamenti delegatsiyasi rahbari öz sözida Markaziy Osiyodagi özaro manfaatli hamkorlikni jadal rivojlantirişga qaratilgan işlar, öz navbatida, parlament a’zolari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaşini qayd etib ötdi.

«Xalqaro siyosatdagi yuqori turbulentlik şaroitida va jahon iqtisodiyotida inqirozli hodisalarning kuçayişi fonida Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlarining sa’y-harakatlarini birlaştiriş, yuzaga kelayotgan muammolarni birgalikda hal etişga bölgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Uşbu Forumning yölga qöyilişi esa ana şunday hayotiy talablarni qondiriş bilan bir qatorda, mintaqaviy hamkorlikka sezilarli darajada sur’at bağişlaydi hamda xalqlarimizning yanada yaqinlaşişiga turtki beradi. Mintaqa davlatlari parlamentlarining samarali muloqoti böyiça yölga qöyilayotgan mazkur yangi platforma doirasida mamlakatlar qonun çiqaruvçi organlari özaro hamkorligining huquqiy asoslarini mustahkamlaş borasidagi işlarni yanada faollaştirişimiz kerak. Şuningdek, milliy qonunçilik asoslarini özaro uyğunlaştiriş va yaqinlaştiriş böyiça qonunçilik normalarini çuqur tahlil qiliş hamda takomillaştiriş maqsadga muvofiq», deb ta’kidladi Senat raisi.

Forumda umumiy tarixiy-madaniy merosga asoslangan madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirişda parlament a’zolarining iştirokini yanada kuçaytiriş masalalari ham muhokama markazida böldi.