Rossiya harbiylari burçakli qaytaruvçiga ega bir neçta havo şarlarini uçirdi. Bu haqda 12 fevral, yakşanba kuni Ukraina Qurolli kuçlari Harbiy-havo kuçlari vakillari Telegram’da ma’lum qildi.

Ularning ma’lumotiga köra, uçuvçisiz razvedka apparati (URA) ham qöllangan. Ukrainaning «Vostok» tezkor havo qömondonligining havo hujumidan mudofaa tizimi işlab ketdi, deyiladi xabarda. «Natija aniqlanmoqda», — deb ma’lumot berdi Ukraina Harbiy-havo kuçlari. 

Şu bilan birga, ularning ma’lumotlariga köra, 12 fevral kuni keçqurun Ukrainaning Dnipropetrovsk viloyatida RF Qurolli kuçlari tomonidan Shahed kamikadze dronlaridan foydalangani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga töğri kelmaydi. 

Avvalroq Ukraina Qurolli kuçlari Harbiy-havo kuçlari qömondonligi vakili Yuriy Ignat butun mamlakat böylab telemarafon efirida şunday degan edi: «Ehtimol, bular AQŞdagi kabi havo şarlari emasdir, lekin havo mudofaasini yöq qiliş yoki boşqa maqsadlar uçun havo şarlarini uçiriş mumkin».

Burçakçi qaytaruvçi - unga tuşgan nurlanişni teskari yönalişda yuboradigan qurilma. U optik va radio tölqinlarni aks ettiriş uçun işlatilişi mumkin. 

12 fevral kuni keçqurun Ukraina şarqidagi bir qator viloyatlarda havo trevogasi e’lon qilindi. 

AQŞ Harbiy-havo kuçlari va Milliy gvardiya samolyotlari 12 fevral kuni Kanada bilan çegara yaqinidagi Guron köli uzra osmonda noma’lum obektni urib tuşirdi, deb xabar berdi AQŞ Kongressi Vakillar palatasining Miçigan ştatidan (demokrat) a’zosi Elissa Slotkin Twitter’da. 

AQŞ prezidenti Jo Bayden amerikalik harbiylarga «ehtiyotkorlik uçun» obektga zarba berişni buyurdi, dedi ma’muriyatning yuqori martabali rasmiysi. U yerdagi infratuzilmaga harbiy xavf tuğdirmaydigan sakkiz burçakli inşoot edi, deya xabar beradi AFP agentligi. Uning sözlariga köra, obekt baribir fuqaro aviatsiyasi uçun xavf tuğdirişi mumkin, çunki u Miçigan ustidan taxminan 6000 metr balandlikda uçib ötgan.