NATO «Şimoliy oqim» va «Şimoliy oqim 2» gaz quvurlariga qilingan qöporuvçilik hujumlaridan söng muhim infratuzilmani himoya qilişni yaxşilaş uçun muvofiqlaştiruvçi yaçeyka yaratmoqda. Bu haqda 13 fevral, duşanba kuni Bryusselda Şimoliy Atlantika alyansi boş kotibi Yyens Stoltenberg ma’lum qildi.

Muvofiqlaştiruvçi byuroning maqsadi - zaifliklarni xaritalaş va sanoat vakillari bilan hamkorlikni kuçaytiriş, dedi Stoltenberg. Bu quvur liniyalari va suvosti kabellari kabi muhim infratuzilmaga tahdidlarga qarşi turişga yordam beradi.

Sönggi paytlarda NATO ittifoqçilari muhim obektlar xavfsizligini va razvedka ma’lumotlari almaşinuvini kuçaytirdi.

2022 yil 26 sentabrda «Şimoliy oqim»ning ikkita tarmoğida, söngra «Şimoliy oqim 2»da jami törtta sizib çiqiş aniqlangan. Bungaça Şvetsiya va Daniyadagi seysmologik stansiyalar xuddi şu hududda kuçli suvosti portlaşlarini qayd etgan.

Germaniya, Daniya va Şvetsiyada zararni tekşiriş işlari olib borilmoqda. Şvetsiya taşqi işlar vaziri bölib işlagan Ann Linde «Daniya va Şvetsiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonalaridagi «Şimoliy oqim» va «Şimoliy oqim 2»da gaz sizib çiqişi portlaşlar oqibati bölganini, ehtimol sabotaj yuz berganini» ta’kidladi. Sabotaj versiyasi NATO va Yevropa Ittifoqida ham körib çiqilyapti.

Suvlarida portlaşlar sodir bölgan Şvetsiya va Daniya quvurlar ataylab portlatilgan degan xulosaga kelgan, biroq hodisa uçun kim javobgar bölişi mumkinligini aytmagan. Moskva portlaşlarda Ğarbni aybladi.

Boltiq dengizidagi «Şimoliy oqim» va «Şimoliy oqim 2» gaz quvurlarida sodir bölgan portlaşlarni örganiş çoğida ularning Rossiya tomonidan uyuştirilgani haqida hozirça heç qanday dalil olinmagan, deb ma’lum qildi Germaniya. «Hozirda buni isbotlab bölmaydi», dedi Germaniya boş prokurori Peter Frank 4 fevral kuni Welt am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida. Tergov davom etmoqda, dedi u.

Oq uy amerikalik tadqiqotçi jurnalist Seymur Xerşning Boltiq dengizidagi «Şimoliy oqim 2» va «Şimoliy oqim» gaz quvurlarini portlatiş AQŞ prezidenti Jo Bayden körsatmasi bilan amalga oşirilgani haqidagi materialni öz blogida e’lon qilgan ayblovlarini rad etdi. Bu haqda 8 fevral kuni Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengaşi matbuot xizmati rahbari Eydriyenn Uotson bayonot berdi.

«Bu töliq yolğon va fantastika», dedi Uotson. Xuddi şunday pozitsiyani AQŞ Davlat departamenti vakili ham bildirgan.