13 fevral, duşanba kuni Rossiyada internetda taqiqlangan foto va videokontentni avtomatik nazorat qiluvçi tizim işga tuşirilişi haqida ma’lum qilindi. Roskomnadzorga böysunuvçi Boş radioçastota markazi ma’lumotlariga köra, «Okulus» tizimi «ekstremistik mavzular, ommaviy noqonuniy hodisalarga çaqiruvlar, öz joniga qasd qiliş, giyohvand moddalarni tarqatiş kabi huquqbuzarliklarni» avtomatik ravişda aniqlaydi.

Neyron tarmoğini işlab çiqiş böyiça 57,7 million rubllik tender 2021 yil sentabrida e’lon qilingan edi. Tizim birinçi marta 2022 yilning dekabrida sinovdan ötkazilgan, 2025 yilga qadar funksionallik kengaytirilgan holda uni yakunlaş rejalaştirilgan, deb xabar berdi «Interfaks» agentligi Boş radioçastota markaziga tayanib.

Ilgari Boş radioçastota markazi xodimlari taqiqlangan kontentni asosan qölda tahlil qilib, kuniga örtaça 106 ta rasm va 101 ta videoni qayta işlagan. «Okulus» kuniga 200 mingdan ortiq tasvirni tahlil qiliş imkonini beradi, deya ta’kidlaydi dasturçilar. Boş radioçastota markaziga köra, Ukrainada uruş boşlanganidan beri «feyklarning misli körilmagan hajmda va tezlikda tarqalişi kuzatildi, ular real faktlarni maxsus voqelik bilan almaştirişga qaratilgan».

Boş radioçastota markazi tomonidan tayyorlangan «Okulus» taqdimotida ta’kidlanişiça, neyrotarmoq nafaqat mitinglar yoki hukumatni ağdariş çaqiriqlari kontekstida «odamlarning ommaviy yiğilişini aniqlaydi», balki «soqol yoki niqobi bor» şaxslarning yuzlarini ham tanib, yoşini bila oladi.

Belarus hakerlari ötgan yili Roskomnadzor tuzilmalaridan birining içki tarmoğiga buzib kirişgan. Sizdirilgan materiallar nazorat organidan senzura idorasiga aylangan Rossiya mediaregulyatorining işiga oydinlik kiritadi. 

Monitoring xizmati internetda e’lon qilingan «Vladimir Putin haqidagi salbiy fikrlar», jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar va Rossiya prezidenti «soğliğining oğir ahvoli» mavzusidagi materiallarni alohida örganadi. Mutaxassislar sun’iy intellektni Putinga qarşi «haqorat»li postlarni izlaş va prezidentni aks ettiruvçi karikaturalarni aniqlaş uçun örgatmoqda. Fuqarolarni kuzatişni soddalaştiriş uçun Boş radioçastota markazi «yarim maxfiy» messenjerni işlab çiqdi, undan butun kuç bloki xodimlari foydalanadi.