14 fevral, seşanba kuni AQŞda Miçigan universitetida yuz bergan otişma natijasida uç kişi halok böldi, yana beş kişi yaralandi. Hujum qilgan şaxs mahalliy vaqt bilan soat 20:00 lar atrofida universitet kampusida öt oçgan. Keyin u yaqin atrofdagi binoga ötdi va u yerda otişmani davom ettirdi.
«Uç kişining ölimi tasdiqlandi. Bundan taşqari, beş kişi jarohat oldi, ular kasalxonaga yotqizildi. Jabrlanganlarning ba’zilari hayotlari uçun xavfli bölgan jarohatlar oldi», - dedi huquq-tartibot idorasi vakili. Politsiya gumonlanuvçi sifatida qizil tufli, jinsi kurtka va beysbol qalpoq kiygan böyi past qora tanli erkakning suratini e’lon qildi.
Voqea joyiga tezda yuzlab politsiyaçilar yetib keldi. Sönggi ma’lumotlarga köra, hujum uyuştirgan şaxs öz joniga qasd qilgan. «Gumonlanuvçi kampus taşqarisida topilgan. Körinişidan, u öziga yetkazgan jarohatlari tufayli vafot etgan. Talabalar şaharçasiga boşqa tahdid yöq», - deya ma’lum qildi öquv muassasasi politsiyasi Twitter sahifasida.
Universitet ma’muriyati qarori bilan yaqin 48 soat davomida kampusdagi barça tadbirlar bekor qilindi.
AQŞda maktablar va universitetlarda otişmalar tez-tez sodir böladi, bu mamlakatdagi qurolga oid juda liberal qonunlar fonida qurolli zöravonlikning kengroq kontekstiga mos keladi, deb ta’kidlaydi AFP.

















