Fazliddin Games moliyaviy savodxonlikni oşirişga yönaltirilgan yangi Planet of Pizza mobil öyini çiqarilişini e’lon qildi. Ilova yaratuvçilari - GameDev Goethe 2022 mobil öyinlar inkubatori ğoliblari Fazliddin Komilov va Muhammadali Niğmatovlardir.

Yoş va iqtidorli dasturçilar endigina 17 yoşda, lekin ular bir neça yillardan beri öyinlar va mobil ilovalar yaratiş bilan professional tarzda şuğullanib kelişadi. 2022 yilda GameDev Goetheʼda işlab çiqilayotgan öyinlar mavzusi moliyaviy savodxonlik bölgan edi. Tadbirga Özbekistondagi yetakçi tölov dasturlaridan biri bölgan Payme homiylik qilgan.

Planet of Pizza öyinida foydalanuvçilar öz pitseriyalarini boşqarişlari, jumladan öz vaqtida pitssa yetkazib berişlari, mijozlarga xizmat körsatişlari, vaqtni hisobga oliş va buyurtma turini tahlil qilişlari kerak böladi. Öyinçining vazifasi - moliyaviy jihatdan ğamxörlik qiliş va öyin qahramonini maksimal darajada takomillaştirişdan iboratdir. Hatto öz mopedingizni haydaş va uni kibermaşina darajasigaça yetkaziş imkoniyati ham mavjud. Planet of Pizza öyinida milliarderga aylaniş uçun biznesingizni qanday rivojlantiriş va butun şaharni öz tarmoğingiz bilan qamrab olişni örganişingiz mumkin.

Öyindagi grafikalar klassik öyinlar uslubidagi yorqin ranglarda taqdim etilgan. Tasvir öyin qahramoni harakatlanayotgan şaharning izometrik proyeksiyasi körinişida qurilgan. Interfeys - yorqin va tuşunarli, öyin qahramonini boşqariş juda oson.

Öyin biznes quriş vazifalariga asoslanadi. Bu şaxsiy strategiyangiz körinişida amalga oşirilişi kerak bölgan virtual pitsseriya menejmenti. Öyinçi işlab topgan pulini qayerga sarflaşni, jumladan bir vaqtning özida köproq pitssa yetkazib beriş yoki şaharning boşqa qismida filial oçiş imkoniyatiga sarmoya kiritişni tanlaşi kerak. Şunday qilib, u haqiqiy hayotda pulga yanada puxta öylangan munosabatda böliş könikmasini rivojlantiradi.

Öyinning bunday yondaşuvi sizga öyinçi qanday moliyaviy maqsadlarga erişmoqçi ekanini mustaqil hal qilişga, şuningdek, xatolarga yöl qöyiş, ularni tahlil qiliş va tajribalar orqali hosil bölgan strategiyangizni yaratişga yordam beradi.

Ilova moliyaviy savodxonlik asoslarini namoyiş etadi, vazifalarni tezkorlik bilan yaxşiroq bajarişga yordam beradi va strategik fikrlaş qobiliyatini şakllantiradi. Şaxsiy moliyani boşqariş maktab öquv dasturi bilan bir qatordagi foydali mahoratlardandir. Moliyaviy savodxonlik elementlari maktab öquv dasturiga kiritilgan, öquv kurslari işlab çiqilgan, kitoblar yozilgan. Planet of Pizza öyini esa yoşlik çoğidanoq pulga nisbatan töğri munosabatni şakllantiriş uçun möljallangan.