AQŞdagi Demokratik partiyaning aksariyat a’zolari bölajak saylovlarda mamlakatning amaldagi prezidenti Jo Baydenni prezidentlikka körsatiş ğoyasini qöllab-quvvatlamaydi. Bu haqda 14 fevral, seşanba kuni Ipsos instituti buyurtmasi asosida ötkazilgan sörov natijalariga tayanib, Reuters xabar berdi.

Sörov 6-13 fevral kunlari mamlakat böylab 4408 nafar katta yoşdagi respondentlar iştirokida ötkazildi. Şu bilan birga, Demokratik partiya a’zolarining 52 foizi bölajak prezidentlik saylovlarida Bayden nomzodini qöyişni istamasligini aytdi. Taqqoslaş uçun: Respublikaçilar partiyasi a’zolari orasida söralganlarning 40 foizi AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp nomzodiga qarşi çiqdi.

"Xulosa qilib aytganda, uşbu sörov natijalari köplab amerikaliklar Bayden ğalaba qozongan 2020 yil noyabrdagi jangning takrorlanişini xohlamasligini körsatadi", deydi jurnalistlar.

Ipsos'ga köra, köpçilik saylovçilar AQŞ amaldagi prezidentining iqtisodiy siyosatidan mamnun emas. Hozir uni 36 foiz saylovçilar ma’qullagan bölsa, ötgan yili bu körsatkiç 42 foizni taşkil etgan edi. Bundan taşqari, noyabr oyida 81 yoşga tölişi kerak bölgan Baydenni köpçilik juda keksa deb hisoblaydi.

Hozirça Jo Bayden AQŞ prezidentlik saylovlarida qatnaşiş niyatini rasman e’lon qilmagan. Biroq, u öz partiyasiga Kongressga saylovlarda kutilganidan ham yaxşi ötişga yordam bergani inobatga olinsa, praymerizda uning raqobatçisi bölmasligi kutilmoqda, deb yozadi Reuters.

Bayden va Tramp vakillari sörov natijalariga matbuotda izoh berişmadi.