Turkiyaning Royal Seginus mehmonxonasida Rossiyaning «Şinnik» jamoasi futbolçilari Ukrainaning «Minay» klubi futbolçilari bilan muştlaşdi. 

Rossiya telegram kanallarining yozişiça, ukrainalik sportçilar rossiyalik futbolçilar bilan bir mehmonxonada öquv-maşğulot yiğinida yaşaşini bilib, özini tajovuzkor tutib, ataylab janjal qözğatgan. 

Dastlab, Baza kanali 13 fevral kuni keçqurun ukrainaliklar «Şinnik» klubi boşliğidan Ukraina madhiyasini kuylaşni talab qilgani, şundan söng, u köçaga çiqib «orani oçiq qilişni» taklif etgani haqida yozdi. Kanalning ma’lum qilişiça, mehmonxona vakillari oraga tuşib, janjalning oldini olgan. 

Keyinroq Baza voqea boşqaça bölganini, ukrainaliklar ruslardan nega Rossiya rejimiga qarşi norozilikka çiqmaganligini söraganidan keyin janjal yuz berganini yozdi. Şundan söng har ikkala tomon liftda muştlaşib ketgan. Vaziyatga politsiya aralaşib, mojaroni töxtatgan. 

Ukraina manbalari voqealar boşqaça rivoj olganini yozdi. «Zerkalo Nedeli» gazetasining yozişiça, rossiyalik futbolçi mast holda mehmonxona xodimlariga qöpol munosabatda bölgan, ukrainaliklar unga tanbeh berganidan keyin janjal boşlanib ketgan. 

Rossiyaning Mash telegram kanali muştlaşuvda tört nafar rossiyalik sportçi jarohatlangani haqida xabar berdi. «Kommersant»ning aniqlik kiritişiça, futbolçilar şifokor körigidan ötgan. Ulardan birining labi kesilgan, boşqasining barmoği singan, yana birining qovurğasi singani gumon qilinmoqda. Ukrainalik sportçilarning jarohat olgani haqida ma’lumotlar yöq. 

Huquq-tartibot idoralari xodimlari janjal takrorlanmasligi uçun mehmonxonada navbatçilik qilgan. «TASS» xabariga köra, futbolçilar politsiyaga ariza yozmaslikka qaror qilişgan. Yaqin kelajakda jamoalar turli mehmonxonalarga joylaştiriladi. 

«RIA Novosti» xabariga köra, «Şinnik» klubi mehmonxona ma’muriyatidan öz futbolçilarini ukrainalik futbolçilar bilan birga joylaştirmaslikni oldindan söragan, biroq 6 fevral kuni sodir bölgan zilzila tufayli Turkiyada mehmonxonalarda joy yetarli emasligi aytilgan.