Sönggi kunlarda vodiy viloyatlarining gaz quvurlarida bosim me’yordan pasayişi natijasida ayrim hududlardagi xonadonlarning tabiiy gaz ta’minotida uziliş kuzatilmoqda. 

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, bu iste’molçilarning elektr energiyasiga bölgan talabining keskin oşişiga sabab bölmoqda.

Elektr energiyasini işlab çiqariş va uning iste’moli örtasidagi me’yorni ta’minlaş, energotizimda yuzaga kelişi mumkin bölgan yirik avariyalar oldini oliş maqsadida vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli çeklovlar kiritişga majbur bölinmoqda.

Şuningdek, elektr qurilmalarida yuklamaning ortişi natijasida ayrim hududlardagi yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlarida inson omilisiz avtomatik ravişda uziliş holatlari kuzatilmoqda.

Uşbu muammolarni bartaraf etiş maqsadida mutaxassislar tomonidan tegişli çoralar körilayotgani aytiladi.