Yevropa Ittifoqi kengaşi Rossiyani Yevropa Ittifoqi nuqtayi nazaridan soliq qonunçiligi bilan boğliq muammolarga duç kelgan va ayni paytda ularni bartaraf etişda Bryussel bilan hamkorlik qilişdan boş tortayotgan davlatlar qora röyxatiga kiritdi. Bu haqda YeI kengaşining 14 fevral, seşanba kuni tarqatilgan press-relizida aytiladi.
Hammasi bölib, uşbu röyxatda 16 ta davlat mavjud, ular bilan bir vaqtda kiritilgan Rossiya va Kosta-Rikadan taşqari, bu deyarli faqat mitti orol davlatlari - Fiji, Samoa va Bahama orollari. YeI kengaşi matbuot xizmatining DW naşriga tuşuntirişiça, avvalroq Rossiya barça muammolarga qaramay, bu borada Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik qilişga va soliq kodeksiga xalqaro qoidalarga muvofiq özgartiriş kiritişga tayyor bölgan davlatlar röyxatida edi.
Rossiya 2022 yilda soliq qonunçiligiga kiritilgan özgarişlarga qaramay, «xalqaro holding kompaniyalari uçun maxsus rejimning zararli tomonlarini yöq qiliş» majburiyatini bajarmadi, deyiladi press-relizda. Bundan taşqari, «Rossiya bilan soliqqa oid masalalar böyiça muloqot Rossiyaning Ukrainaga bölgan agressiyasidan keyin töxtab qoldi».
Şvetsiya moliya vaziri Elizabet Svantesson Yevropa Ittifoqi nomidan Şimoliy Makedoniya, Barbados, Yamayka va Urugvayni YeI bilan soliq tafovutlarini bartaraf etiş çoralarini körgani va qora röyxatdan çiqarilgani uçun tabrikladi.


















