Yoqilği-energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanişni ta’minlaş va bu boradagi jarayonlarni raqamlaştiriş maqsadida:
a) mavjud elektr va gaz tarmoqlari hamda qurilmalarining yuklamasi belgilangan me’yordan oşgan taqdirda, ularga yangi iste’molçilarni ulaş qat’iyan taqiqlanadi;
b) 2023 yil 1 martdan boşlab:
nazorat tadbirlarini amalga oşirişda tafovutlarni aniqlaş maqsadida Özenergoinspeksiyaga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Öztransgaz” AJlarning elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qiliş hamda hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimlaridagi yoqilği-energiya resurslari iste’moli töğrisidagi ma’lumotlarni monitoring qiliş imkoniyati yaratiladi;
elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalaniş qoidalarini buziş bilan boğliq huquqbuzarlik böyiça tuzilgan dalolatnomalarni elektron şaklda rasmiylaştiriş va tegişli ma’lumotlarni “E-maʼmuriy ish” tizimiga kiritiş tartibi joriy etiladi;
v) 2023 yil 1 iyuldan boşlab yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan elektr energiyasi hamda tabiiy gazni yetkazib beriş böyiça şartnomalar elektr va gaz ta’minoti korxonalarining dasturiy ta’minoti yoxud "Şaffof quriliş" milliy axborot tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda tuzilişi belgilandi.
Bunda:
- mazkur tartib yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun yoqilği-energiya resurslari iste’moli böyiça limitlarni belgilaş va ularga özgartirişlar kiritişga ham tatbiq etiladi;
- davlat buyurtmaçilari bilan tuzilgan şartnomalar töğrisidagi ma’lumotlar davlat xaridlari böyiça maxsus axborot portaliga avtomatik ravişda yuborilişi ta’minlanadi;
- budjet buyurtmaçilari bilan tuzilgan şartnomalar ğaznaçilik bölinmalarida elektron şaklda (inson omilisiz) röyxatdan ötkaziladi;
g) 2023 yil 1 oktyabrga qadar mavjud elektr energiyasi va tabiiy gazni uzatiş hamda taqsimlaş tarmoqlari va qurilmalari yuklamasi oşib ketişining oldini oliş imkoniyatini yaratiş maqsadida ular bioaxborot tizimiga kiritiladi hamda elektr va gaz ta’minoti korxonalarining dasturiy ta’minoti hamda "Şaffof quriliş" milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

















