Der Spiegel, ZDF va Die Zeit iştirokidagi xalqaro jurnalistlar konsorsiumi 15 fevral, çorşanba kuni butun dunyo böylab saylovlarni manipulyatsiya qilişga ixtisoslaşgan «Xorxe jamoasi» hakerlarining maxfiy guruhiga oid tekşiruvni e’lon qildi. Der Spiegel uni «dezinformatsiya sohasidagi ma’naviy erkin yollanma işçilar guruhi» deb ataydi, öz ma’lumotlariga köra, ular butun dunyo böylab - asosan Janubi-Şarqiy Osiyo, Janubiy Amerika va Afrikada 33 ta saylovda faol iştirok etgan.

Mijozlar niqobi ostidagi jurnalistlar «Xorxe» taxallusi ostidagi guruh rahbari – Isroil maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Tal Xanan bilan uçraşdi. Uçraşuv taşkilotning Quddus va Tel-Aviv örtasida joylaşgan Modiin-Makkabim-Reut şahridagi ofisida bölib ötdi.

«Xorxe»ning özi va uning xodimlari jurnalistlar uçun bir neçta taqdimotlar ötkazdilar, ular davomida manipulyatsiyaning barça turlari - töldiriş, soxtalaştiriş, tuhmat, ijtimoiy tarmoqlarni buziş, janjal köpaytiriş va öylab topiş, qora piar kabi xizmatlar bilan taniştirdi. Hakerlar saylovda manipulyatsiya qilganlik uçun 15 million dollargaça mukofot talab qilmoqda.

Hakerlar işida, öz e’tirofiga köra, uçta qoidaga amal qilişadi: ular Isroil va AQŞdan kelgan buyruqlarni qabul qilmaydi, şuningdek, «Putinga qarşi» harakat qilmaydi. Muvaffaqiyatli manipulyatsiya uçun hakerlar ixtiyorida inson xatti-harakatlariga taqlid qiluvçi 30 000 ta botni boşqaradigan tizim mavjud. Köpgina feyk akkauntlar haqiqiy odamlarning ma’lumotlari, şu jumladan bank hisoblari bilan boğlangan.