Toşkentda 19 fevral kuni «Men ğolib» ommaviy yuguriş musobaqasi ötkaziladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Şu munosabat bilan 2023 yilning 19 fevral kuni soat 07:00 dan soat 09:30 gaça:

• Xalqlar döstligi san’at saroyi oldi maydonidan Furqat köçasi böylab Beşyoğoç köçasi kesişgan joyigaça;

• Beşyoğoç köçasi böylab Islom Karimov köçasi bilan kesişgan joyigaça;

• Islom Karimov köçasi böylab Amir Temur şoh köçasi bilan kesişgan joyigaça;

• Amir Temur şoh köçasi böylab Amir Temur xiyoboni aylanma yöli böylab Islom Karimov köçasi bilan kesişgan joyigaça,

• Islom Karimov köçasi böylab Xalqlar döstligi san’at saroyi oldi maydonigaça bölgan köçalarda avtomobillarning harakatlanişiga vaqtinçalik çeklovlar örnatiladi.

Haydovçilarga aylanma yöllardan foydalanişni tavsiya etilgan.