Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida sanoatni rivojlantiriş va energiya ta’minotini yaxşilaş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.
Yiğiliş avvalida 6 ta yangi korxonani işga tuşiriş marosimi böldi. Ular - Ğijduvon tumanidagi «Ğijduvon ipak tola», Buxoro şahridagi «Layxter Kamalak Tekstaylen», Jondor tumanidagi «Arjumandbonu çorvasi», Ğijduvon tumanidagi «Usmon Şer Şamşod», Romitan tumanidagi «VBM Romiteks» korxonalari va Buxoro şahridagi tört yulduzli mehmonxonadir.
Ipakçilik, töqimaçilik, parrandaçilik, meva-sabzavotni qayta işlaş va turizm tarmoqlariga ixtisoslaşgan bu majmualarda 3 ming 500 ta yangi iş örni oçilmoqda. Umuman, bularning natijasida viloyat işlab çiqarişiga 850 milliard söm qöşiladi.
Davlat rahbari ramziy tugmani bosib, yangi korxonalarni rasman işga tuşirdi. Videoaloqa orqali ularning rahbarlari bilan muloqot qildi.

Yiğilişda Buxoroda energiya ta’minotini yaxşilaş masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Hisob-kitoblarga köra, 2023 yilda Buxoroda yillik elektr iste’moli 4,3 milliard kilovatt soatni taşkil etib, taqçillik 150 million kilovatt soat bölişi kutilmoqda. Şu bois qöşimça quvvatlarni yaratiş va samaradorlikni oşiriş zarurligi ta’kidlandi.
Buxoroning iqlimi issiq. Bundan foydalanib, 740 ta korxonada 22 Megavattli, ijtimoiy obektlar va köp qavatli uylar ustida 11 Megavattli quyoş panellari örnatiş mumkinligi aytildi.
Elektr tarmoqlarini yangilaş orqali 50 million kilovatt soat elektr yöqotişlarini kamaytiriş, 45 ta yirik sanoat korxonasida energiya sarfi yuqori bölgan uskunalarni almaştiriş imkoniyati körsatib ötildi. Xususan, «Amu-Buxoro» nasos stansiyasida çastotali boşqariş vositalarini yangilaş hisobiga bu yil 60 million, kelgusi yil 100 million kilovatt soat energiyani iqtisod qiliş mumkin.
Yiğilişda tumanlardagi yangi zaxiralarni işga solib, sanoatni rivojlantiriş kerakligi qayd etildi.

Sönggi beş yilda Buxoroda 31 trillion söm investitsiya jalb qilinib, 3 mingdan ziyod korxona işga tuşgan. Işlab çiqariş 4,3 baravarga köpaygan. Bu körsatkiç 2022 yilda 27 trillion söm bölgan. Sanoat eksporti 200 million dollarga yetgan.

















