Ready4Trade Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalaştirilayotgan va Xalqaro savdo markazi tomonidan turli mamlakatlardagi şeriklar bilan yaqin hamkorlikda amalga oşirilayotgan tört yillik loyiha. Loyiha mintaqa mamlakatlarida xalqaro savdoni rağbatlantiriş orqali Markaziy Osiyoning umumiy barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanişiga hissa qöşişga qaratilgan. Loyihaning benefitsiarlari hukumatlar, kiçik va örta korxonalar, xususan, ayollar tomonidan boşqarilayotgan korxonalar va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlovçi taşkilotlardir.

Tadbirda savdo operatsiyalarini raqamlaştiriş va qoğozsiz savdo tartibini joriy etiş muhimligi qayd etildi. Bu, öz navbatida, taşqi savdo tartibotlaridan ötişni tezlaştirişga va çegaradan ötişni osonlaştirişga hamda savdoni rivojlantirişga kömaklaşişga qaratilgan asosiy yönalişlardan biri hisoblanadi.

Tadbir doirasida Xalqaro savdo palatasi ekspertlari Markaziy Osiyo davlatlari doirasida elektron sertifikatlaştiriş tizimlarini özaro qöllaş tartibini joriy etiş taşabbusi transçegaraviy elektron tijoratni rivojlantiriş va mintaqaviy darajadagi raqamli savdo ekotizimining yaratişga kömaklaşişga qaratilganini ham ta’kidladi.

Tovar kelib çiqişi töğrisidagi sertifikatlarning elektron almaşuvini joriy etişdan maqsad çegaralarda kelib çiqiş sertifikatlarini söraş, qayta işlaş, topşiriş va qabul qiliş samaradorligini oşirişdan iborat bölib, bu korxonalar tomonidan çegaradan ötiş jarayoni va eksport tartib-qoidalariga rioya qiliş uçun zarur bölgan vaqtni qisqartiradi va uşbu jarayonlarning xavfsizligini oşiradi. 

Bundan taşqari, tizim mazkur hujjatlarni çiqaruvçi organlar va hududiy bojxona ma’muriyatlari örtasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş va samaradorligini oşirişga ham xizmat qiladi.