«Nasaf» OÇLning eng qimmat tarkibga ega jamoasiga qarşi. Özbek klubi Saudiyaning 3-jamoasini mağlub eta oladimi?
|23:26 / 19.02.202342 1687 min
Qit’aning eng nufuzli turniridagi iştirokini davom ettirayotgan «Nasaf» 1/8 finalda Saudiya Arabistonining «Aş-Şabob» klubiga qarşi saf tortadi. Yakşanba oqşomida Qatarda ötadigan hal qiluvçi töqnaşuv oldidan Tribuna.uz Röziqul Berdiyev jamoasidagi özgarişlar, arab klubining yulduzli tarkibi va ğalaba qarşiliklarga qança daromad keltirişi haqida ma’lumot beradi.
Osiyo Çempionlar ligasi-2022 pley-off bahslari 10 oylik tanaffusdan keyin start olmoqda. Qit’aning eng nufuzli turniridagi iştirokini davom ettirayotgan yagona özbek klubi – «Nasaf» 1/8 finalda Saudiya Arabistonining «Aş-Şabob» klubiga qarşi saf tortadi. Bugun, 19 fevralda Qatarda ötadigan hal qiluvçi töqnaşuv oldidan Tribuna.uz Röziqul Berdiyev murabbiyligidagi jamoadagi özgarişlar, Argentina, Braziliya va ispaniyalik legionerlar yetakçiligidagi arab jamoasi tarkibi va ğalaba qarşiliklarga qança foyda keltirişi haqida ma’lumot beradi.
Jamoalar qanday holatda?
OÇL pley-off öyinlarining 10 oyga surilib, fevral oyiga köçirilgani özbek klublaridan köra arab jamoalari uçun foydaliroq böldi. Sababi Superligada yangi mavsum hali boşlanmadi va Röziqul Berdiyev şogirdlari 2 oy davomida rasmiy öyinda maydonga tuşmay, asosan Turkiyadagi nazorat öyinlari orqali OÇL 1/8 finaliga tayyorgarlik körişdi va neytral maydon sanalmiş Qatarga yetib kelişdi.
«Aş-Şabob» esa hozirga kelib eng yaxşi sport formasiga kirdi. Ar-Riyod klubi Saudiya Arabistoni çempionatida 18 öyindan keyin 40 oçko jamğarib, faqatgina töplar nisbatiga köra, Ronaldu yetakçiligidagi «An-Nasr» va «Al-Ittihod»dan keyingi 3-örinni egallab turibdi. Visente Moreno murabbiyligidagi jamoaning mağlubiyatsiz seriyasi 7 öyinga, ğalabali seriyasi esa 4ta uçraşuvga yetgan.
«Nasaf» va «Aş-Şabob» 1/8 finalga qanday yetib keldi?
Qarşi klubi «Ye» guruhida 6 öyinda 2 ğalaba, 3 durang va 1 mağlubiyat qayd etib, 9 oçko evaziga 2-örin bilan OÇL 1/8 finaliga yöllanma olgan bölsa, «Aş-Şabob» guruh bosqiçida 6 öyinda 6 ğalabani qölga kiritib, 18:1 töplar nisbati va 16 oçko bilan 1/8 finalga çiqdi. Bu borada Ar-Riyod klubi OÇLda eng yaxşi natijaga ega bölib turibdi.
OÇL-2022. «Nasaf»ning E guruhidagi öyinlari:
1-tur. «Nasaf» - «As-Sadd» - 1:1
2-tur. «Nasaf» - «Al-Vahdat» - 2:0
3-tur. «Nasaf» - «Al-Faysali» - 0:1
4-tur. «Nasaf» - «Al-Faysali» - 0:0
5-tur. «Nasaf» - «As-Sadd» - 3:1
Mavzuga oid
6-tur. «Nasaf» - «Al-Vahdat» - 2:2
OÇL-2022. «Aş-Şabob»ning B guruhidagi öyinlari:
1-tur. «Aş-Şabob» - «Mumbay Siti» - 3:0
2-tur. «Aş-Şabob» - «Al-Jazira» - 3:0
3-tur. «Aş-Şabob» - «Al-Quva» - 1:1
4-tur. «Aş-Şabob» - «Al-Quva» - 3:0
5-tur. «Aş-Şabob» - «Mumbay Siti» - 6:0
6-tur. «Aş-Şabob» - «Al-Jazira» - 2:0.
«Nasaf» 2023 yilda qançalik özgardi?
Guruh bosqiçidan pley-off öyinlarigaça Röziqul Berdiyev jamoasi tarkibida bir qança özgarişlar kuzatildi. Vohaliklar 2022 yilgi mavsum yakunlangaç, Dilşod Saitov (Paxtakor), Şarof Muhitdinov (Sanoati Naft), Murodbek Rahmatov (Qizilqum) va Ivan Solovev (Lokomotiv) singari öyinçilar bilan xayrlaşdi.
Yangi mavsum oldidan esa tarkibga Javohir Siddiqov (Qöqon-1912), Muhammadjon Rahimov (Istiqlol Duşanbe), Şuhrat Muhammadiyev (Qizilqum) qöşilgan bölsa, Şohmalik Komilov (Dinamo), Jörabek Mannonov (Dinamo), Abubakr Rizo Turdialiyev (Olimpik) singari öyinçilar ijaradan qaytarildi.
Jamoalar tarkibi: «Aş-Şabob» OÇLda eng qimmat jamoa, «Nasaf» 16 klub orasida 10-örinda
Qayd etiş joiz, «Aş-Şabob» klubi ayni damda tarkib borasida Osiyo Çempionlar ligasining eng qimmatbaho klubi bölib turibdi. Transfermarkt portali Ar-Riyod klubining hozirgi tarkibini 39,8 million yevroga baholagan. Bu 1/8 finaldagi eng qimmat tarkibli jamoa sanaladi.
«Nasaf»ning ayni paytdagi tarkibi bahosi esa 9,3 mln yevroni taşkil etadi va bu nimçorakfinaldagi «Kitçi», «Johor Darul Ta’zim», «Patum Yunayted» va «Al-Faysali»dan keyingi arzon tarkibli jamoa sanaladi. Bu borada qarşiliklar 16 jamoa orasida önlikdan joy olgan.
«Nasaf»ning eng qimmatbaho 5 futbolçisi:
1. Husayn Norçayev – 900 ming yevro
2. Husniddin Aliqulov – 850 ming yevro
3. Oybek Bozorov – 750 ming yevro
4. Abduvohid Ne’matov – 650 ming yevro
5. Akmal Mozgovoy – 650 ming yevro.
«Aş-Şabob»ning eng qimmatbaho 5 futbolçisi:
1. Aaron Bupendza (Gabon, hujumçi) – 8 mln yevro
2. Gjyegoj Krixovyak (Polşa, yarimhimoyaçi) – 6 mln yevro
3. Karlos Junior (Braziliya, vinger) – 6 mln yevro
4. Santi Mina (Ispaniya, hujumçi) – 4 mln yevro
5. Ever Banega (Argentina, yarimhimoyaçi) – 2 mln yevro
Röziqul Berdiyev: «Bu öyinni uzoq kutdik, 1/8 finalda oson raqibning özi yöq»
«Nasaf» boş murabbiyi Röziqul Berdiyev Qatarda ötadigan «Aş-Şabob»ga qarşi öyin oldidan matbuot anjumanida qatnaşdi.
«Bu öyinni uzoq kutdik, uzoq vaqt tayyorgarlik kördik. Asosiysi, yaxşi kayfiyatdamiz. Iştiyoqimiz yuqori. Bu bosqiçda oson raqibning özi yöq. Uşbu bahs biz uçun joriy mavsum OÇLdagi sakkizinçi öyinimiz böladi. Birorta bahs oson ötmadi. Raqib qançalik jiddiy bölmasin, ertaga kerakli natijaga erişiş uçun maydonga tuşamiz», - deydi «Nasaf» boş murabbiyi.
«Nasaf» «Aş-Şabob»ni mağlub etsa qança pul işlaydi?
Qarşi klubi OÇL joriy mavsumida guruhdagi 2 ğalaba va 3 durang evaziga safar xarajatlaridan taşqari, sof 130 ming AQŞ dollari işlab olgan. OFK guruh bosqiçidagi har bir ğalaba uçun 50 ming, durang uçun 10 ming AQŞ dollaridan mukofot puli tölaydi. «Nasaf» 1/8 finalda «Aş-Şabob»ni mağlub etsa, OFK tomonidan yana 100 ming AQŞ dollari mukofot puliga ega böladi.
Çorakfinal uçun 150 ming, yarimfinalga 250 ming, final uçun ğolibga 4 mln, finalçiga esa 2 mln AQŞ dollari mukofot puli va’da qilingan. Qayd etiş joiz, safar xarajatlari uçun OFK finalga qadar pley-offlarda har öyin uçun 45 ming AQŞ dollaridan, finalda esa 90 ming AQŞ dollaridan mablağ ajratadi.