Ukrainada uruşning 360-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina harbiy razvedkasi vakili Rossiya özaro çegaradan bir neça yuz kilometr masofaga (ukrain artilleriyasi yetib bora olmaydigan masofa) 450 samolyot va 300 vertolyot töplaganini xabar qildi.
  • Oliy rada raisi Ruslan Stefançuk Ukraina NATOdan 2023 yilda a’zolik taklifi kutayotganini aytdi.
  • AQŞ vitse-prezidenti Kamala Harris AQŞ Rossiya Ukrainada insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etganini rasman tasdiqlaşini ma’lum qildi.
  • Xitoy yaqin vaqtlar içida Rossiyaning Ukraina bilan uruşiga yeçim topiş böyiça rejasini taqdim etişi kutilmoqda.
  • RFdagi harbiy komissariatlarda harbiy xizmatga çaqiriluvçilarga oid batafsil ma’lumotlar bazasi paydo böladi. Bu haqda xabar topgan jurnalistlar Farida Rustamova va Maksim Tovkayloga köra, bu rasmiylarga safarbarlikdan qoçib, mamlakatni tark etganlarning yölini tösişda ham yordam beradi.
  • Amerika razvedkasiga köra, «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining Ukrainadagi yöqotişlari halok bölganlar va yaralanganlar qöşib hisoblanganda 30 ming kişini taşkil etadi.

Vuhledar uçun jang

Donetsk oblastida janglar davom etmoqda. Ammo 18 fevral kuni Tavr yönalişi mudofaa kuçlari spikeri Oleksiy Dmitraşkovskiy Rossiya qöşini Vuhledar hududida yuriş sur’atlarini «bir neça bor pasaytirgani» haqida xabar berdi. Bir hafta oldin, 12 fevral kuni Ukraina qurolli kuçlari bu yerda 155-dengiz piyodalari brigadasining saralangan qöşini tor-mor etilgani haqida ma’lum qilgandi. Dengiz piyodalaridan biri «7×7» naşriga brigada şaxsiy tarkibining 80–90 foizi safarbar qilinganlar bilan töldirilgan bölganini aytgan. 

Dmitraşkovskiyning sözlariga köra, endi Rossiya tomoni motoöqçilar bölinmalari bilan hujum qilmoqda (bu bölinmalar zirhli texnikalar bilan ta’minlanmagan). Ukraina qurolli kuçlari vakili buni «suitsid harakati» deb atagan. «Aftidan, ularni şunçaki „joyida ötirmasligi“ uçun bunday şturmlarga yuborişmoqda», — deya taxmin qiladi u.

«DXR» rahbari Denis Puşilin esa rossiyaliklar pozitsiyasini boşqaçaroq ifodalagan — uning sözlariga köra