Ayni vaqtda rasmiy taşrif bilan Misr Arab respublikasiga borgan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bir qator muhim uçraşuvlar ötkazişi nazarda tutilgan. Xususan, taşrifning birinçi kunida qator madaniy tadbirlar, Misrning yetakçi kompaniyalari rahbarlari va biznes doira vakillari bilan uçraşuv bölib ötadi.
Ikkinçi kunda rasmiy kutib oliş marosimi, şuningdek, ikki mamlakat delegatsiyalari iştirokida davlat rahbarlarining uçraşuvi bölib ötadi. Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan Özbekiston-Misr munosabatlarini mustahkamlaş, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollariga e’tibor qaratiladi.
Umuman olganda, bu taşrif nima maqsadda amalga oşirilmoqda va undan qanday kutilmalar bor?
Misr – arab davlatlari orasida birinçilardan bölib – 1991 yil 26 dekabrda Özbekiston mustaqilligini tan olgan mamlakat hisoblanadi. Diplomatik munosabatlar 1992 yil 23 yanvarda örnatilgan. 1993 yil mayda Toşkentda Misr elçixonasi oçildi. Özbekistonning Misrdagi elçixonasi 1994 yil dekabr oyidan faoliyat yurita boşladi.
Hozirda Misr bilan köptomonlama va özaro manfaatli munosabatlarni rivojlantiriş Özbekiston taşqi siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylanib bormoqda. 2018 yil 4-5 sentabrda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Özbekistonga taşrif buyurdi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida 4 ta hukumatlararo, 7 ta idoralararo hujjat imzolandi.
Özbekiston va Misr örtasida qanday hujjatlar imzolandi? (röyxat)
Şavkat Mirziyoyev va Abdulfattoh as-Sisi 2022 yil 4 fevralda Pekinda ötkazilgan qişki Olimpiada öyinlarining tantanali oçiliş marosimi doirasida ham uçraşgan.
2022 yil 25-26 may kunlari Qohirada ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari aro siyosiy maslahatlaşuvlarning 10-davrasi bölib ötdi.
2022 yil 15-16 sentabr kunlari Samarqandda ötkazilgan ŞHT sammitida doirasida Misrga ŞHTning «Muloqot böyiça hamkori» mavqeyini beriş haqida hujjat imzolandi. Şu bilan birga, Özbekiston va Misr BMT, Islom hamkorlik taşkiloti, Arab davlatlari ligasi, Şanxay hamkorlik taşkiloti kabi xalqaro tuzilmalar doirasida bir-birining taşabbuslarini özaro qöllab-quvvatlab kelmoqda.

















