Kişinyov Yevropa Ittifoqidan «Rossiya bilan birgalikda Moldovani beqarorlaştirişga urinayotgan korrupsion oligarxlar va siyosatçilar»ga qarşi sanksiyalar joriy qilişni talab qilmoqda. Bu haqda Moldova taşqi işlar vaziri Niku Popesku 20 fevral, duşanba kuni Bryusselda bölib ötgan Yevropa Ittifoqi taşqi işlar kengaşi yiğilişida ma’lum qildi.

Unga köra, jazo çoralari aktivlarni muzlatiş va viza berişni taqiqlaşni öz içiga olişi kerak. Şu yöl bilan Moldova hukumati bu oligarxlarning «içki siyosatga pul kiritiş va hukumatni ağdarişga urinişlari uçun namoyişçilar hamda potensial xavfli guruhlarga pul tölaş» imkoniyatlarini çeklaşga umid qilmoqda», deb tuşuntirdi vazir.

«Bu korrupsion siyosatçilar Rossiya bilan hamkorlikda işlayotgani, Rossiyadan oçiq jamoatçilik yordamini olayotgani va Moldovaga qarşi gibrid uruş olib borayotgani aniq», - dedi Popesku. Uning ta’kidlaşiça, öz mamlakatiga gibrid tahdidlar sirasiga siyosiy partiyalarni noqonuniy moliyalaştiriş, pulli namoyişlar, kiberhujumlar, bombalar haqidagi yolğon xabarlar, energiya ta’minoti va ularning narxini manipulyatsiya qiliş kiradi.

Moldova Taşqi işlar vazirligi rahbari muhokama qilinayotgan siyosatçilarning ismini aytmadi, lekin ular Moldovadan qoçib ketgani, ulardan biri Isroilda ekani hamda AQŞ va Buyuk Britaniya sanksiyalari ostida ekanliklarini eslatib ötdi. Bu ikki davlat 2019 yilda Moldovadan qoçgan oligarxlar Ilan Şor va Vladimir Plaxotnyukka nisbatan korrupsiya böyiça ayblovlar tufayli jazo çoralari qöllagan.