Polşa 21 fevraldan boşlab Belarus bilan çegaradagi yuk maşinalarini qabul qiluvçi yagona punkt bölmiş Kukuriki nazorat-ötkaziş punktida harakatlanişni çeklaşini ma’lum qildi, deya xabar berdi Belarus Davlat çegara qömitasi 20 fevral, duşanba kuni.

«Polşa çegara xizmati Belarus tomoniga 21 fevral kuni soat 21:00 dan boşlab Polşaning Kukuriki nazorat-ötkaziş punktida yuk maşinalarining harakati çeklanişi haqida ma’lum qildi, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasida röyxatdan ötgan yuk maşinalari bundan mustasno», deyiladi xabarda.

«21 fevral kuni soat 21:00 dan boşlab yuqorida sanab ötilgan taşkilotlar va mamlakatlarda röyxatdan ötmagan yuk maşinalari Polşa-Belarus çegarasidan öta olmaydi. Yölovçi transport vositalari uçun faqat Terespol (Belarus tomonida - Brest) nazorat-ötkaziş punkti qoldi», - deya qöşimça qildi Belarus Davlat çegara qömitasi.