«Şu maqsadda harbiy röyxatga oliş va komissarliklarga kunduzgi bölim talabalariga çaqiruv qoğozlarini topşirişda yordam beradigan «ogohlantiriş punktlari» yaratilmoqda», — deyiladi Ukraina razvedkasining öz Telegram-kanalidagi xabarda.

Buni tasdiqlaş maqsadida uçun idora Tomsk davlat pedagogika universiteti rahbariyatiga tegişli bölgan joriy yilning 9 fevraldagi buyruq nusxasini e’lon qildi. Hujjatda «ogohlantiriş joylari»da işlaş uçun ma’lum miqdordagi talabalar va xodimlarni ajratiş talabi mavjud. Şu bilan birga, ta’kidlanganidek, «punktlar» tarkibiga kiritiş muayyan talabalar va xodimlarning roziligisiz yoki hatto oldindan ogohlantirmasdan turib sodir böladi. 

Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga köra, Novosibirsk davlat pedagogika universiteti va Tomsk politexnika universiteti xodimlari ham şunday buyruq olgan. «Ehtimol, safarbarlik 1 aprel - bahorgi harbiy xizmatga çaqiruv boşlanişidan oldin amalga oşiriladi. Agar kerak bölsa, çaqiruv boşlanişi keçiktirilişi mumkin», - deya taxmin qilmoqda Ukraina razvedkasi.