Davlat dumasi Rossiya Federatsiyasining Strategik hujum qurollarini qisqartiriş va çeklaş töğrisidagi şartnomada (ŞQ) iştirokini töxtatuvçi qonun loyihasini qabul qildi. 22 fevral, çorşanba kuni deputatlar şu kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin kiritgan hujjatni bir ovozdan qöllab-quvvatladi.
Bir kun avval Federal majlis oldida nutq sözlagan Putin Moskva ŞQ şartnomasidagi iştirokini töxtatayotganini va yangi yadro qurollarini sinovdan ötkazişga tayyorligini, biroq bunday sinov AQŞ tomonidan amalga oşirilgan taqdirdagina yuz berişini aytgan edi.
Uning ta’kidlaşiça, mamlakat kelişuvdan çiqmaydi, faqat undagi iştirokini töxtatadi. Boşqa yadroviy davlatlar yadro qurolining yangi turlarini yaratiş ustida işlamoqda, dedi Rossiya prezidenti qarorning mantiqiy asosi sifatida. Uning sözlariga köra, Ğarb davlatlari «özlari strategik mağlubiyatga uçratiş niyatida ekanini oçiq aytmoqda» va şu bilan birga «yadroviy inşootlarga yopişyapti».
Strategik hujum qurollari töğrisidagi şartnoma (ŞQ-3) AQŞ va Rossiya örtasida qurol nazorati böyiça yagona yirik kelişuvdir. Iştirokçi davlatlarning yadro arsenallari kengayişining oldini olişga qaratilgan uşbu şartnoma 2010 yilda Pragada imzolangan va 2011 yilda kuçga kirgan. 2021 yilda, Jo Bayden Qöşma Ştatlar prezidenti lavozimini egallaganidan söng, şartnoma yana beş yilga, 2026 yil 5 fevralgaça uzaytirildi. 2023 yil yanvar oyi oxirida Vaşington Moskvani ŞQ-3 şartnomasi böyiça öz majburiyatlarini bajarmaganlikda aybladi.

















