Intervyu davomida Alişer Usmonov Özbekistondagi islohotlar, Ukrainadagi uruş, özining yaqin qarindoşlariga nisbatan qöllangan sanksiyalar va Putin bilan aloqalari haqida gapirib berdi.
— Janob Usmonov, yangi Özbekiston va undagi eng muhim özgarişlarni gapirib bera olasizmi?
— Butun hayotim davomida uç xil Özbekistonni kördim. Birinçisi, bu — men tuğilgan va sovet ittifoqining bir qismi bölgan davlat. Söngra, 1991 yildan boşlab mustaqil Özbekiston. Yaqindan, 2016 yildan boşlab yangi Özbekiston paydo böldi.
1991 yilda mustaqillikka erişilgaç, mamlakatda hokimiyat de-fakto sobiq kommunist yetakçilarga ötdi, jamoat tuzilmasi hamda iqtisodiyotda sovet ittifoqi davridagidek turğunlik emas, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida yanada keng qamrovli degradatsiya röy berdi.
Aytiş mumkinki, mustaqil rivojlanişning 30 yilligida prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligidagi bugungi jamoa davlatning iqtisodiy tuzilmasi tubdan qayta qurilişini amalga oşirmoqda. Mamlakat iqtisodiyotining normal faoliyat körsatişini tiklaş, fuqarolar farovonligini oşiriş, Özbekistonning nafaqat mintaqada, butun dunyoda obro‘-e’tibor qozonişiga qaratilgan navbatdan taşqari islohotlar ötkazilmoqda. Nazarimda, bu davr mamlakatning katta kelajagi uçun umid qiliş belgisi böla oladi. Eng katta özgarişlarni investitsion faoliyat tezlaşgani, mamlakat oçilgani, yangi prezident Mirziyoyev insonlar ruhiyatini kötarib, ularning qalbiga yöl topa olganida körmoqdaman.
— Siz Özbekistonning turli sohalariga yirik sarmoyalar yotqizdingiz. Yaqin yillarda vataningiz rivoji uçun yana qanday hissa qöşmoqçisiz?
— Oçiğini aytganda, men öz hissalarim haqida gapirişni yoqtirmayman, garçi men yangi prezidentning islohotçilik kun tartibini qöllayotganlar orasida bölsam ham. Men iştirok etgan kompaniyalarning investitsiyasiga kelsak, biz öz holdingimizning işbilarmonlik faoliyati bilan boğliq özbek kompaniyalariga öz e’tiborimizni qaratdik. Bu asosan telekommunikatsiya va texnologik sektor.
Umuman, hozir sanksiyalar tufayli işlaş juda oğir, lekin men xayriya loyihalarimni töxtatmadim va işlaşga harakat qilmoqdaman. Şu sababli men albatta Özbekistonga yordam beriş, mamlakatimga foyda keltiriş uçun bor kuç va resurslarimni sarflayman. Bu mening buyuk maqsadim, buning yölida men işbilarmonlik faoliyatimni boşqarişdan, köplab loyihalarimda aksiyador sifatida qatnaşişdan voz keçdim.

















