Telegram-kanallarda Ohangaronda bola öğirlamoqçi bölgan ayollar qölga tuşgani haqida video tarqalmoqda. Videoda köp qavatli uylar joylaşgan mahalladan uzoqlaşayotgan uç nafar ayolni şu yerda yaşovçi xotin-qizlar ta’qib qilayotgani körinadi.

Mahalliy aholi tomonidan savolga tutilayotgan ayollar heç bir savolga javob bermasdan yölida qoçib ketayotganda voqea joyiga içki işlar xodimlari yetib kelgan. Ma’lum bölişiça, xodimlar aholining 102 qisqa raqamiga qönğiroğidan keyin yetib kelgan.

Tasvirlarda bola öğirlaşda gumonlanayotgan ayollarning biri içki işlar xodimlarining talabiga böysunmayotgani, şu yerda yaşovçi ayollar bilan yoqalaşgani aks etgan.

Toşkent viloyat IIBB axborot xizmati rahbari Kun.uz söroviga javoban muhokamalarga sabab bölayotgan holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

“Internetda tarqalgan videodan xabarim bor. Tez orada holat yuzasidan rasman munosabat bildiramiz. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi. Ohangaronda bola öğirlamoqçi bölgani aytilayotgan ayollar aslida turli xil haşarot va zararkunandalarga qarşi dorilar va dezinfeksiya vositalarini sotiş bilan şuğullanadigan şaxslar ekani aniqlandi.

Ular videoda aks etgan hududdagi “dom”lar orasida yurişganida şu yerda yaşovçilardan biri ularni videoga olib bola öğirlaşmoqçi bölib yurgan ayollar yuribdi deya tarqatib yuborgan. Yaqinda Toşkent şahrida bir qança ayol bola öğirlamoqçi bölgani haqida yolğon xabarlar tarqalgandi. Videoni tarqatgan şaxs ularni ana şu ayollarga öxşatib yuborgan.

Şundan keyin mahalladagi ayollar çiqib ayollarni uşlaşgan, baqir-çaqir bölgan. Voqea joyiga profilaktika inspektorlari yetib borgan. Ayollarning yonidan tegişli hujjatlar va dori vositalari çiqqan. Holat böyiça hujjatlar rasmiylaştirilib, ayollarga çora köriş uçun soliq organiga topşirilgan”, deydi Bobur Tölaganov.

 

Toşkent viloyati IIBBga köra, voqea 20 fevral kuni sodir bölgan. Suriştiruv davomida ayollarning şaxsiga aniqlik kiritilgan va ularning barçasi Toşkent şahrida yaşaşi aniqlangan.