«Keyingi har kun uçun kuraşiş lozim!» - Zelenskiy uruşning bir yilligida murojaat yölladi
|23:39 / 24.02.202316 79111 min
U Ukraina mağlubiyatga uçramagani va bu yil ğalaba qozoniş uçun barça imkoniyatlar işga solinişini aytdi.
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmatiFoto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uruş boşlanganining bir yilligi munosabati bilan mamlakat xalqiga murojaat yölladi.
Buyuk Ukrainaning buyuk xalqi! Bir yil muqaddam, şu kuni ertalab soat yettida men sizlarga atigi 67 soniya davom etgan bayonot bilan murojaat qilgandim. Unda öşa vaqtda ham, hozir ham dolzarb bölgan ikkita asosiy masala aytilgandi. Rossiya bizga qarşi keng kölamli uruş boşlagani. Biz kuçli ekanimiz. Biz barçasiga tayyorligimiz. Biz hammani mağlub etişimiz. Çunki biz — Ukraina ekanimiz!
2022 yil 24 fevrali şunday boşlangandi. Bu hayotimizdagi eng uzun kun edi. Bizning zamonaviy tariximizdagi eng qiyin kun. Biz juda erta uyğondik va şundan buyon uxlamaymiz.
Kimdir qörqib ketgandi, kimdir şokka tuşgandi, kimdir nima deyişni bilmasdi, ammo barça nima qiliş kerakligini his qilardi. Yöllarda tirbandliklar yuzaga keldi, ammo köplar qölga qurol oliş uçun yöl oldi. Navbatlar yuzaga keldi. Kimlardir çegarada turardi, ammo köpçilik — harbiy komissariat va hududiy mudofaa qismlari uçun navbatda.
Biz oq bayroq kötarmadik, balki kök-sariq bayroqni himoya qilişga kirişdik. Qörqib ketmadik, sinib qolmadik, taslim bölmadik. Zmeiyniydagi çegaraçilar va ular rus harbiy korablini jönatgan marşrut bu kuraş ramziga aylandi.
Işonçimiz mustahkamlandi. Ruhimiz mustahkamlandi. Biz keng kölamli uruşning ilk kunida bardoş bera oldik. Biz ertaga nima bölişini bilmasdik, ammo aniq tuşunib turardik: keyingi har kun uçun kuraşiş lozim!
Va biz kuraşdik. Va har kuni ğajidik. Va biz keyingi kun uçun omon qoldik. Keyin esa — uçinçi kunga. Bizga yaşab qoliş uçun berilgan uç kun. 72 soatdan keyin mavjudligimiz yöq bölişi bilan tahdid qilişgandi. Ammo biz törtinçi kun uçun ham turib berdik. Keyin beşinçi kun. Bugunga kelib esa bir yildan buyon bardoş berib qolmoqdamiz. Biz hamon şuni aniq bilamiz: keyingi har kun uçun kuraşiş lozim!
Qarşiligimiz davom etayotganiga hissa qöşayotgan barçaga minnatdorçiligimni bildiraman. Bularning bari bizning himoyaçilarimiz. Ukraina qurolli kuçlari. Quruqlik qöşinlari, piyodalarimiz va tankçilar. Havo va harbiy-dengiz kuçlari. Artilleriya, havo hujumidan mudofaa kuçlari, desantçilar, razvedkaçilar, çegaraçilar. Maxsus amaliyot kuçlari, Ukraina xavfsizlik kuçlari, Milliy gvardiya, politsiya, hududiy mudofaa kuçlari — bizning barça xavfsizlik va mudofaa kuçlarimiz. Ular tufayli Ukraina turib bermoqda. Ular tufayli uruş boşidagi şafqatsiz oydan omon öta oldik.
Mavzuga oid
Keyin bahor keldi. Yangi hujumlar, yangi yaralar, yangi oğriqlar. Duşmanning haqiqiy botinini barça körib qöydi. Tuğuruqxonalar, Mariupoldagi drama teatri, Mikolayiv ma’muriyati, Xarkivdagi Ozodlik maydoni, Kramatorsk vokzali öqqa tutilişini. Buçani, Irpinni, Borodyankani körişdi. Butun dunyo «rus dunyosi» aslida nimani anglatişini aniq tuşunib yetdi. Rossiya nimalarga qodirligini.
Xuddi şu vaqtda dunyo Ukraina nimalarga qodirligiga ham guvoh böldi. Bu yangi qahramonlar. Kiyev mudofaaçilari, «Azovstal» mudofaaçilari. Butun bir şaharlar amalga oşirgan yangi jasoratlar. Xarkiv, Çernihiv, Mariupol, Xerson, Mikolayiv, Gostomel, Volnovaxa, Buça, Irpin, Axtirka. Qahramon-şaharlar. Yengilmas poytaxt. Yangi ramzlar. Bularning bari birgalikda — Ukraina böyiça yangi baho va prognozlar edi.
Uruşning ilk oyi. Va uruşdagi ilk buriliş nuqtasi. Dunyoning Ukraina töğrisidagi tasavvuri ilk bor özgarişi. U uç kun içida qulamadi. U dunyoning ikkinçi armiyasini töxtatdi.
Biz har kuni yangi zarbalarga bardoş berdik, har kuni yangi fojialardan xabar topdik, ammo har kuni özini fido etganlar tufayli bardoş berdik. Boşqalar uçun.
Bular oldingi çiziqlarda yarador jangçilarimiz hayotini saqlab qolayotgan, öqlar yomğiri ostida operatsiya qilayotgan, bombapanagohlarda tuğuruqni qabul qilib olayotgan, kunlar, haftalar mobaynida navbatçilikda qolayotgan bizning şifokorlarimiz. 24/7 rejimida xarobalar va olov orasida odamlarni qidirayotgan qutqaruvçilar va öt öçiruvçilarimiz. Va uruş boşidan buyon uyqusiz va töxtovsiz işlab, yuz minglab ukrainlarni evakuatsiya qilgan temiryölçilarimiz.
Keyin esa ilk yurişlar, ilk yutuqlar, ilk bor hududlar ozod etilişi. Birinçi [va oxirgisi emas] Çernoboyivka. Bosqinçilar Kiyev, Sumi va Çernihiv oblastlaridan quvilişi. Bizning «Stugna». «Olxa». Bizning «Neptun» va dengiz tubiga ketgan «Moskva» kreyseri. Ilk «Ramştayn». Tarixdagi ikkinçi lend-liz.
Ukraina dunyoni hayratlantirdi. Ukraina dunyoni ilhomlantirdi. Ukraina dunyoni birlaştirdi. Buning dalili uçun minglab sözlar aytiş mumkin, ammo bir neçasi ham yetadi: HIMARS, Patriot, Abrams, IRIS-T, Challenger, NASAMS, Leopard.
Men bizning butun yil mobaynida biz bilan yelkama-yelka turgan barça hamkorlarimiz, ittifoqçilarimiz va döstlarimizga minnatdorçilik bildiraman. Men xalqaro aksilputin koalitsiyasi şunçalik kuçayganidan xursandmanki, bu alohida murojaatni talab etadi. Men tez orada şunday murojaat qilaman. Albatta.
Men şuningdek taşqi siyosat qöşinlarimizdan ham minnatdorman. Bizning diplomatlar, elçilar, xalqaro taşkilotlar va muassasalardagi vakillar diviziyasi. Bosqinçilarga xalqaro huquqning olovi va qiliçi bilan zarba berib, terrorçi davlat terrorçi davlat deb tan olinişiga erişganlarning barçasi.
Uruş köplab oilalar taqdirini özgartirib yubordi. Oilalarimiz tarixi qaytadan yozildi. Urf-odatlarimiz va an’analarimizni özgartirdi. Avvallari bobolar nabiralariga natsistlarni qanday savalaşganini hikoya qilişardi. Endi nabiralar bobolariga raşistlarni qanday savalaşganini aytişadi. Avval onalar va buvilar şarflar töqişardi, endi maskirovka törlari töqişmoqda. Avval bolalar Santadan smartfonlar, gadjetlar söraşardi, endi hamyonlarini [pullar] berişmoqda va jangçilarimiz uçun kerakli vositalar yiğişmoqda.
Bir yil davomida amalda har bir ukrainalik kimidandir judo böldi. Otasi, öğli, akasi, onasi, qizi, singlisi. Sevimli insonlaridan. Yaqin dösti, hamkasbi, qöşnisi, tanişidan. Hamdardman.
Deyarli har bir kişining telefonida endi heç qaçon göşakni kötarmaydigan kamida bitta kontakt bor. «Ahvollar qalay?» deyilgan SMS xabarga javob bermaydigan. Bu ikki oddiy söz uruşning bir yilida yangi ma’no kasb etdi. Har kuni millionlab ukrainlar bu savolni öz oila a’zolari va yaqinlariga millionlab marta yozişgan yoki berişgan. Har kuni kimdir javob olmadi. Bosqinçilar har kuni bizning oila a’zolarimiz va yaqinlarimizni öldirişdi.
Biz ularning nomini telefonlarimizdan ham, öz xotiramizdan ham öçirmaymiz. Biz ularni heç qaçon unutmaymiz. Biz heç qaçon buni keçirmaymiz. Biz rossiyalik qotillar munosib jazosini olmagunça heç qaçon tinçlanmaymiz. Xalqaro tribunal tomonidan jazolanmagunça. Xudoning hukmini olmagunça. Bizning jangçilarimizning. Yoki barçasi birdaniga.
Hukm aniq. Qöşni töqqiz yil oldin tajovuzkorlik qildi. Bir yil oldin tajovuzkor jallod, talonçi va terrorçiga aylandi. Biz ular javobgarlikka tortilişiga şubha qilmaymiz. Biz özimizni ğalaba kutayotganiga şubha qilmaymiz.
Yozda biz buni his qildik. Biz uruşning 100 kunidan ötdik. Biz Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomini oldik, Zmeiniyni qaytardik, Qrimdagi ilk «paqillaş»ni eşitdik, bosqinçilar omborlari va Antonov köprigida salyutlarga guvoh böldik.
Avgust bosqinçilar Ukrainaning biror şahrini ololmagan ilk oy böldi. Denatsifikatsiya töğrisidagi tahdid va ultimatumlar örnini «ezgu niyatdagi qadam» egalladi. Va biz şunda his qildik: ğalabamiz muqarrar. U yaqin. U keladi.
Keyin kuz boşlandi. Va bizning qarşi hujumimiz. Izyum, Balakliya, Kupyansk, Liman, Xerson oblasti va Xerson şahri ozod etilişi. Biz odamlarimiz harbiylarimizni qanday kutib olganiga guvoh böldik. Ukraina bayroğini qanday asraganlariga. Ukrainani qanday kutişganiga.
Men hozir ham kutayotganlarga yuzlanmoqçiman. Vaqtinça okkupatsiya ostida bölib turgan fuqarolarimizga. Ukraina sizlarni taşlab qöymagan, sizni unutmagan, sizdan voz keçmagan. Qanday qilib bölsa ham biz barça yerlarimizni ozod etamiz. Ukraina qaytişi uçun barça işni qilamiz. Va hozirda xorijga ketişga majbur bölganlar: siz Ukrainaga qaytişingiz uçun barça işni qilamiz. Bu imkonli bölişi uçun.
Biz kuraşamiz va har bir asirimizni qaytaramiz. Va bularning bari birgalikda ğalaba deb ataladi.
Biz buni hatto qoronğida ham körib turibmiz. Muntazam yoppasiga zarbalar va elektr energiyasi öçişiga qaramay. Biz bu ğalaba nurini köramiz.
2022 yil 24 fevralidagi ilk tuyğulari haqidagi xotiralari sifatida odamlar şok, oğriq, mavhumlikni tilga oladi. Keng kölamli bosqindan bir yil ötib esa ğalabaga işonç 95 foizni taşkil etmoqda. Biz Ukraina haqida öylaganda his qilayotgan asosiy hissiyot esa, — bu faxrlaniş tuyğusidir.
Har bir ukrain ayol, har bir ukrain er uçun. Hammamiz uçun faxr. Biz katta bir qöşinga aylandik. Biz bir jamoa böldik, kimdir topadi, kimdir qadoqlaydi, kimdir olib keladi, ammo barça öz hissasini qöşadi.
Men odamlarimizdan minnatdorman, barça zarur narsalarni töplab, yetkazib berayotgan köp millionlik köngillilar armiyasi va befarq bölmagan kişilarga rahmat aytaman.
Biz bir butun böldik. Bizning jurnalistlar va media yagona front bölib yolğon va vahimaga qarşi kuraş olib bormoqda.
Biz bir oilaga aylandik. Oramizda begonalar yoki notanişlar yöq. Ukrainlar uçun bugun — barça özimiznikilar. Ukrainlar ukrainlarga boşpana bermoqda, uruşdan qoçişga majbur bölganlarga öz uylari va qalblarini oçişmoqda.
Biz barça tahdidlar, zarbalar, kasseta bombalari, qanotli raketalar, kamikadze dronlar, blekautlar, izğirinlarga bardoş beramiz. Biz bulardan kuçliroqmiz.
Bu barqarorlik yili böldi. Loqayd bölmaslik yili. Mardonavorlik yili. Oğriqlar yili. Umidlar yili. Bardoş yili. Birdamlik yili.
Bukilmas yil.
Uning asosiy natijasi — biz bardoş berdik. Biz mağlub bölmadik. Va bu yilda ğalaba qozoniş uçun barça işni qilamiz!