Özbekistonning Qöşma Ştatlardagi elçisi Javlon Vahobov Missisipi ştati Senati va Vakillar palatasining navbatdan taşqari sessiyasida iştirok etdi.
Unda qonunçilar Ştat milliy gvardiyasi va Özbekiston örtasidagi hamkorlikning 10 yilligi, şuningdek, respublikamiz bilan hamkorlikni kengaytirişni qöllab-quvvatlaşga bağişlangan rezolyutsiyaning qabul qilinişini bir ovozdan yoqlab ovoz berdilar.
2019 yilda birinçi marta uşbu ştatning sobiq gubernatori Fil Brayant boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurgan edi. Missisipi davlat universiteti va Alkorn universiteti Toşkent davlat agrar universiteti hamda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti bilan hamkorlikni yölga qöydi. Öz navbatida, Zarafşon va Klinton şaharlari örtasidagi birodarlik aloqalari örnatildi.
Missisipi Milliy gvardiyasi qömondoni, general Jyenson Boylz ham özaro munosabatlar harbiy aloqalar bilan çeklanib qolmagani, ikki tomonlama munosabatlar keng doirani, şu jumladan, akademik va işbilarmonlar örtasidagi aloqalarni ham qamrab olganini alohida ta’kidladi. Uning aytişiça, ötgan ön yil davomida hamkorlik samarali bölib, tomonlarning harbiy xizmatçilar iştirokidagi musobaqalari, şuningdek, öquv dasturlari böyiça tadbirlar ötkaziş sezilarli darajada faollaşdi.
2022 yilda Missisipi Milliy gvardiyasi aynan Özbekiston bilan samarali hamkorlik qilgani uçun «Yil hamkorligi» nominatsiyasida ikkinçi örin bilan taqdirlangani ham qayd etildi.
Missisipi ştati qonun çiqaruvçi palatalari yiğilişi yakuniga köra, deputatlar va senatorlar rezolyutsiyani yoqlab ovoz berişdi. Qonunçilik hujjatining asl nusxasi Özbekiston elçisi Javlon Vahobovga topşirildi.

















