Rossiya poytaxti Moskva şahrida özbekistonlik va tojikistonlik mehnat migrantlari ommaviy norozilik mitingi ötkazdi. Bu haqda «Nastoyaşçeye vremya» xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 22 fevral kuni Moskva şahridagi Crocus Group kompaniyasiga tegişli quriliş obektida mehnat migrantlari tomonidan norozilik mitingi ötkazilgan. Işçilar 4 oydan beri maoş berilmayotganiga e’tiroz bildirişgan. Namoyişçilarni tarqatiş uçun qöriqçilar travmatik qurollardan havoga öq uzgan.

Manba xabariga köra, Crocus Group kompaniyasi ozarboyjonlik tadbirkor Oraz Agalarovga tegişli bölib, mehnat migrantlari avval ham maoş keçiktirilayotganidan köp marta şikoyat qilişgan.

Özbekiston Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bunday mojaro yuz berganini tasdiqladi.

Agentlik xabaridan ma’lum bölişiça, mojarodagi tomonlar örtasida jismoniy töqnaşuv yuz bergan, iştirokçilardan ba’zilari politsiya tomonidan hibsga olingan.

«Iş haqining öz vaqtida tölanmagani sababli uyuştirilgan norozilik harakati oqibatida iş beruvçilar va migrantlar örtasida jismoniy kuç işlatilgan. Şundan söng korxona rahbariyati fuqarolar bilan uçraşib, ularning işlagan barça maoşlarini tölaşga va’da bergan. Uşbu holatda jarohat olganlar va hibsga olinganlar orasida Özbekiston fuqarolari yöq», deyiladi xabarda.