Dunyo davlatlarining 2023 yilgi mehmondöstlik reytingida (Welcoming Countries Rank-2023) Özbekiston 26-örinni egalladi. Reyting Kanadaning Arton Capital kompaniyasi tahlilçilari tomonidan tuzilgan.
Mutaxassislar uni tuzişda ma’lum bir davlat qança mamlakat fuqarolarini vizasiz yoki kelgandan keyin beriladigan viza bilan qabul qilişini hisoblab çiqqan.
Özbekiston dunyo reytingida 26-örinda qayd etilgan: 139 davlat fuqarolari vizasiz yoki yetib kelganidan keyin beriladigan viza bilan qabul qilinadi.
Bu körsatkiç böyiça Tojikiston 49-örinda (87 davlat), Qirğiziston 53-örinda (80 ta davlat), Qozoğiston 54-örinda (77 davlat), Rossiya 62-örinda (63 mamlakat).
Birinçi örinni 20 dan ortiq mamlakatlar egalladi, jumladan Tuvalu, Janubiy Sudan, Somali, Boliviya, Angola, Maldiv orollari, Kot-d’Ivuar, Kamboja, Nigeriya va boşqalar. Ularning har biriga 198 davlat fuqarolari vizasi kirişi yoki yetib kelganida viza oliş orqali kirişi mumkin.
An’anaga köra, reytingning sönggi poğonasini Şimoliy Koreya, Turkmaniston va Afğoniston egallagan. Bu mamlakatlarning barçasi 0 ballga ega.

















