«Mana bir yildirki, Rossiya Ukrainaga qarşi şafqatsiz bosqinçilik uruşi olib bormoqda. Germaniya Ukraina tomonida qat’iy turibdi va kelajakda ham şunday böladi», - dedi Şols. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «öz imperialistik maqsadiga erişa olmasligini tan olsa, uruşni tezroq tugatiş imkoniyati şunçalik köp böladi», deya qöşimça qildi Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari. 

Germaniya kansleri Olaf Şolsning fikriça, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini töxtatiş böyiça muzokaralar vaqti hali kelmagan. «Tinçlik istiqbolini oçadigan payt hali oldinda», dedi u 23 fevral, payşanba kuni Germaniyaning ZDF telekanaliga bergan intervyusida.

«Muzokaralarni hozir boşlaş kerak, deyiş heç narsaga olib kelmaydi. Şuni tuşuniş kerakki, Rossiya prezidenti hozirda muzokaralarning faqat bitta şakliga ruxsat beradi, ya’ni kimdir sözsiz taslim böladi va u özining barça maqsadlariga erişadi», - deb tuşuntirdi Şols.