Çaqaloq tuğilgandan boşlab töğri parvarişlanişi uning soğlom bölib ösişida ahamiyatli hisoblanadi. Bunda bolani doimiy ravişda şifokor körigiga olib borib, uning salomatligi bilan boğliq har bir holatni maslahatlaşiş zarur. Bolalar şifokori çaqaloqning holatiga qarab unga massaj ham buyurişi mumkin.

Şifokorlar aksar holatda bolaga massaj yozişi, hatto ba’zida uning oyoğiga şina taqişni tavsiya qilişi mumkin. Haqiqatan, massaj va bolalarga turli ortopedik vositalar taqiş biznesga aylandimi yoki bolalar ularga muhtojmi?

Sabab nima?

Facebook ijtimoiy tarmoğidagi yoş onalar guruhida ötkazilgan sörovga köra, aksar onalar massaj va ortopedik vositalarga ehtiyoj ortayotgani sabablarini quyidagilardan iborat deb bilişadi:

  • Ayolning homiladorlik vaqtida öziga va homilaga yetarliça e’tibor bermasligi natijasida bola dunyoga kelgaç unda kalsiy va boşqa zarur elementlar yetişmasligi;
  • Ekologiyadagi özgarişlarning tuğilayotgan çaqaloqlarga ta’siri;
  • Çaqaloqni beşikka belaş;
  • Oilaviy poliklinikalarda bolalar vaqtida sifatli körikdan ötkazilmasligi;
  • Soğligida heç qanaqa muammosi bölmasa ham, bolaning yaxşi rivojlanişi uçun yordam beriş.

Massajning narxi qança?

Bolalar massajining bir kursi örtaça 10 kun davom etadi va hududlarga, uning turiga qarab narxi farqlanadi: öz-özidan, poytaxtda qimmatroq, viloyatlarda nisbatan arzon:

  • Toşkent viloyatida: soati örtaça 40 ming söm;
  • Toşkent şahrida: örtaça 50 ming sömdan 200 ming sömgaça;
  • Navoiy viloyati: örtaça 35-45 ming söm;
  • Vodiy viloyatlarida: örtaça 50 ming söm.

Onalar fikri qanday?

Bolalarini massaj qildirgan va ortopedik vositalar taqişga majbur bölgan onalar öz fikrlari bilan bölişdi. Ularning fikriga köra, vraç tomonidan buyurilgan va yaxşi mutaxassis tomonidan bajariladigan massaj bola uçun foydali. Lekin ba’zida bolani notöğri massaj qildirib qöyiş holatlari ham bor: