«24 fevral kuni millionlab odamlarimiz tanlov qildi. Oq bayroq emas, kök-sariq bayroq tanlandi. Qoçiş emas, qarama-qarşilik tanlandi. Qarşilik va kuraş tanlandi», - deb yozdi Volodimir Zelenskiy.
«Bu - oğriq, qayğu, e’tiqod va birdamlik yili böldi. Bu yil biz yengilmas bölib qoldik», - dedi Zelenskiy Rossiya Federatsiyasiga qarşi uruş boşlanganidan beri ötgan 12 oyni sarhisob qilib.
«Biz bilamizki, 2023 yil bizning ğalabamiz yili böladi!» - deya Ukraina rahbari işonç bildirdi.
Rossiya harbiy agressiyasi boşlanganining bir yilligi munosabati bilan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ukrainalik harbiy xizmatçilarga jasorati uçun minnatdorçilik bildirdi.
«Barçamizni front çiziğida himoya qilayotgan Ukraina harbiylari - ular hammadan yaxşi. Aynan bizning himoyaçilarimiz bölgan erkaklar va ayollar tufayli Ukraina kuçli, kuraşmoqda, yaşayapti. Barça askarlarimizga rahmat - tirik qolganlar va afsuski, endi bizning oramizda yöqlarga - ularning jasorati uçun. Yovuzlik hali ham bor va jang davom etmoqda. Lekin biz aniq bilamizki, bu bizning ğalabamiz bilan yakunlanadi», deb yozdi Zelenskiy öz sahifasida.


















