Bolgariyaning Sofiya şahrida boks böyiça Stranja—2023 musobaqasining oltinçi kungi janglari yakunlandi.

25 fevral kuni uşbu turnirda 18 nafar özbekistonlik boksçi yarimfinal janglarida iştirok etdi. 11 nafar özbekistonlik boksçi öz janglarini ğalaba bilan yakunladi va final yöllanmasini qölga kiritdi. 

Bahodir Jalolovning yarimfinaldagi raqibi ham jangga çiqmagani sababli, töğridan töğri finalga yöl oldi. Uning çorakfinaldagi raqibi, Qozoğiston milliy jamoasi yetakçisi Qamşibek Qönqabayev ham jarohat tufayli ringga çiqişdan boş tortgandi.

Çorakfinalda Abdumalik Xalakov, Lazizbek Mullojonov va Madiyar Saidrahimov kabi nomdor boksçilar muvaffaqiyatsizlikka uçrab, iştirokini töxtatgandi.

Hadiçabonu Abdullayeva, Şunqor Abdurasulov, Dilşod Abdumurodov, Nurislom Ismoilov, Havasbek Asadullayev va Jasurbek Yöldoşev esa final ostonasida mağlubiyatga uçrab, bronza medali bilan kifoyalandi:

  • – 48 kg: Saidaxon Rahmonova – Kalaivani (Hindiston) 5:0 ğalaba
  • – 63 kg: Xadiçabonu Abdullayeva – Keona Sam-Sin (Niderlandiya) 2:3 mağlubiyat
  • – 48 kg: Şodiyorjon Meliqöziyev – Yergunal Sebatin (Bolgariya) 3:2 ğalaba
  • – 51 kg: Hasanboy Döstmatov – Jimao Jang (Xitoy) 4:1 ğalaba
  • – 54 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Federiko Serra (Italiya) 3:2 ğalaba
  • – 60 kg: Şunqor Abdurasulov – Radoslav Rosenov (Bolgariya) 1:4 mağlubiyat
  • – 60 kg: Adhamjon Muhiddinov – Dilşod Abdumurodov 5:0
  • – 63,5 kg: Ruslan Abdullayev – Maks Makkleri (Avstraliya) 5:0 ğalaba
  • – 63,5 kg: Mujibillo Tursunov – Emilo Garsiya (AQŞ) 4:1 ğalaba
  • – 67 kg: Asadxöja Möydinxöjayev – Gurgen Madoyan (Armaniston) 5:0 ğalaba
  • – 67 kg: Bekzod Hamidov – Sebastyan Terteryan (Daniya) 5:0 ğalaba