Yaşil energiya uçun imkoniyatlar kengayadi
Prezidentning 2023 yil 16 fevralda qabul qilingan “2023 yilda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini va energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etişni jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan 1 martdan boşlab:
Yagona elektr energetika tizimiga ulaniş uçun berilgan texnik şartlarda körsatilgan quvvatdan yuqori bölmagan qayta tiklanuvçi energiya manbalari qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulaşda qöşimça texnik şart oliş talab etilmaydi.
IT-park rezidentlariga qöşimça imtiyoz beriladi
Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 fevraldagi qaroriga muvofiq, 1 martdan boşlab IT-park direksiyasiga uning rezidentlari tomonidan har oy ötkaziladigan ajratmalar miqdori, ular tomonidan yaratilgan dastur, milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar auditoriyasining qamrovi 500 ming foydalanuvçidan oşganda 25 foizga, 1 million foydalanuvçidan oşganda 50 foizga pasaytiriladi.
Inson huquqlari sohasida öquv kurslari boşlanadi
Prezidentning 2023 yil 7 fevraldagi qaroriga köra, 1 martdan tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv, dastlabki tergovni amalga oşiruvçi organlar va jazoni ijro etiş muassasalari xodimlari uçun qiynoqqa solişga qarşi kuraşiş böyiça qisqa muddatli öquv kurslarini doimiy ravişda taşkil etiş boşlanadi. Öquv kurslari 1 martdan boşlab milliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda onlayn va oflayn formatda taşkil etiladi.
Tadbirkorlar soliq qarzini bölib-bölib tölaşi mumkin
Prezidentning 2023 yil 2 fevralda qabul qilingan “Havo harorati keskin sovib ketişining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytiriş uçun tadbirkorlik sub’yektlarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan:
Tadbirkorlik sub’yektlarining 2023 yil 1 yanvarga nisbatan 1 fevral holatiga oşgan (hosil bölgan) soliq qarzini 2023 yil 1 martdan 1 iyulga qadar foizlarsiz, qöşimça şartlar qöymasdan va ta’minot talab etmasdan teng uluşlarda bölib-bölib tölaşga ruxsat beriladi;

















