24 fevral kuni Qozoğistonning Aqtöbe oblastida köruvçanlik yomonlaşgani tufayli yuk va yölovçi taşuvçi transport vositalari harakati çeklanişi munosabati bilan qutqaruvçilar 93 kişini evakuatsiya qildi. Bu haqda Qozoğiston FVV xabar bergan.

Evakuatsiya qilinganlar orasida Özbekiston va Tojikiston fuqarolari bor.

«24 fevral kuni soat 22:50 da Aytekebi rayoni Samara-Çimkent avtomobil yölining 964-kilometrida Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi tomonidan Bişkek-Moskva yönalişidagi Yutong yölovçi avtobusi Qorabutak qişloğigaça kuzatib borilgan. Özbekiston va Tojikistonning 41 nafar fuqarosi issiqlik punktiga (Markaziy masjid) evakuatsiya qilindi», deyiladi xabarda.

Qutqaruv işlariga 52 nafar qutqaruvçi va 14 dona texnika jalb qilingan.

Keyingi kuni Moskvaga ketayotgan yana bir yölovçi avtobusdagilar evakuatsiya qilingan.

«25 fevral kuni soat 04:05 da Aqtöbe şahrida Setra rusumli (Çimkent-Moskva) yölovçi avtobusida texnik nosozlik tufayli 54 kişi qişloq masjidiga evakuatsiya qilindi, ularning 52 nafari Özbekiston fuqarolari hisoblanadi», deya xabar berdi vazirlik.

Aqtöbe oblasti Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi fuqarolarga ob-havo özgarişlarini hisobga olişni, ob-havo yomonlaşgan taqdirda yoki yöllarda transport vositalari harakatiga çeklovlar joriy etilganda, yölga çiqmaslikni qat’iy tavsiya qilgan.