Salvador hukumati jinoiy guruhlarning minglab a’zolarini yangi, juda katta qamoqxonaga ötkazdi. Jinoyatçilikka qarşi kuraş kampaniyasi doirasida uşbu mamlakatda mahbuslar soni keskin oşib ketgan edi. Bu haqda The Guardian xabar berdi. 

«Bu ularning yangi uyi böladi, endi ular aholiga heç qanday zarar yetkaza olmaydi», deb yozdi Salvador prezidenti Noyib Bukele ijtimoiy tarmoqda. 

MS-13 va MS-18 deb nomlangan jinoiy tödaning 2 mingga yaqin a’zosi Amerika qit’asidagi eng katta qamoqxona hisoblangan 40 ming örinli «Terrorçilarni saqlaş markazi»ga (CECOT) ötkazildi. 

2022 yilda Bukele Salvador kongressidagi ittifoqçilaridan zöravon tödalar bilan boğliq qotilliklar köpaygani tufayli, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilişni, fuqarolarning ba’zi konstitutsiyaviy huquqlarini çeklaşni söragan edi. Şundan keyin jinoyatçilikka qarşi kuraş doirasida 64 mingdan ortiq gumondor hibsga olindi. Hibsga oliş sud qarorisiz ham amalga oşirilişi mumkin, hukumat şaxsiy yozişmalardan foydalaniş imkoniyatiga ega, mahbuslar esa advokat oliş huquqidan mahrum qilingan. 

Inson huquqlari taşkilotlari bunday siyosat tufayli begunoh odamlar ham hibsga olinayotgani, qamoqda halok bölayotgani haqida bong urmoqda. 

Ammo Bukelening jinoiy tödalarga qarşi kuraşi salvadorliklar tomonidan ma’qullanmoqda. Mamlakat xavfsizlik vaziri barça jinoyatçilar uşlanmagunça bu tadbir davom etişini ma’lum qilgan.