Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi sanksiyalarning öninçi paketini ma’qulladi. Sanksiyalarga quyidagilar kiradi: 

• Rossiyaning uçta bankiga nisbatan çeklovlar (ularning nomi rasman aytilmagan, Bloomberg xabariga köra, ular Alfa-Bank, Rosbank va Tinkoff bank), 

• Harbiy dron işlab çiqaradigan Eronning 7 ta kompaniyasiga nisbatan çeklovlar; 

• ikki maqsadli tovarlarning Rossiya orqali tranzitini töliq taqiqlaş (ilgari taqiq faqat eksportga nisbatan qöllangan), 

• Rossiyadan sintetik kauçuk va bitum importini taqiqlaş; 

• «Sputnik» radiosi va RT Arabic telekanalining Yevropa Ittifoqi doirasida eşittirişlarini taqiqlaş; 

• rossiyaliklarning Yevropa Ittifoqining strategik ahamiyatga ega korxonalarida rahbarlik lavozimlarini egallaşini taqiqlaş; 

• Rossiya fuqarolariga gaz omborlarini berişni taqiqlaş (suyultirilgan gaz işlab çiqariş böyiça ayrim obektlar bundan mustasno), 

• harbiylar tomonidan qöllanilişi mumkin bölgan muhim texnologiyalar va sanoat tovarlari (elektronika, transport vositalari, maşina qismlari, quriliş sektori tovarlari) eksportiga qöşimça taqiqlar. 

Yevrokomissiyada ta’kidlanganidek, yangi sanksiyalar paketini hisobga olgan holda, Bryussel Rossiyaga eksportining 49 foizini va Rossiyadan importining 58 foizini taqiqladi.