Vazirlar Mahkamasining “Hududlarda quriliş materiallari sanoatida işlab çiqariş hamda eksport hajmini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

2023-2026 yillarda quriliş materiallari işlab çiqaruvçilar uçun «Sanoat ipotekasi» dasturi tasdiqlanadi. Bunda, «Sanoat ipotekasi» dasturi doirasida 7 yillik, 2 yil imtiyozli davr bilan (milliy valutada Özbekiston Markaziy banki qayta moliyalaştiriş stavkasining 1,5 barobaridan kam bölmagan hamda xorijiy valutadagi kredit liniyasi şartidan kelib çiqib 3 foizdan kam bölmagan bank marjasi ostida) kreditlar berilişi belgilanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi quriliş materiallari işlab çiqariş klasterlarini taşqi infratuzilma bilan ta’minlaş uçun zarur mablağlarni ajratiş böyiça 2024 yilda tasdiqlanadigan budjet parametrlarida hisobga olinişini ta’minlaydi.

Navoiy, Samarqand va Toşkent viloyati hokimliklari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, «Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi, Quriliş materiallari sanoatini rivojlantiriş böyiça Kengaş tegişli idoralar bilan birgalikda 2023-2024 yillarda kaolindan klaster usulida tayyor mahsulotlar işlab çiqariş böyiça kamida 200 million AQŞ dollarlik 10 ta loyiha amalga oşirilişini ta’minlaydi.

Markaziy bank va tijorat banklariga quriliş materiallari işlab çiqariş uçun ajratilgan kreditlar tölov muddatlari qayta körilganda kreditlar sifatini past toifada tasniflamaslik va ular böyiça zaxira yaratmaslik şarti bilan uzaytiriş tavsiya etiladi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Quriliş materiallari sanoatini rivojlantiriş böyiça Kengaş, «Özsanoatqurilişmateriallari» uyuşmasi tegişli idoralar bilan birgalikda 2023 yilda quriliş materiallari sanoat korxonalari jami eksportini 1,0 mlrd dollarga yetkaziş va buning uçun yangi işga tuşirilgan korxonalarni eksportga jalb qiliş, quriliş materiallari işlab çiqariş hajmini 35 trln sömga yetkazilib, xorij bozorlariga talabi yuqori bölgan quriliş materiallari böyiça eksport hajmini oşiriş çoralarini köradi.