Tahlilçilar bularni hisoblaşda RF FXX çegara xizmati, IIV migratsiya statistikasi ma’lumotlaridan foydalanişgan.

Tadqiqotga köra, eng köp mehnat migrantlari Özbekistondan kirib kelgan — ösiş 35,1 foiz yoki 377,7 ming kişi. Şuningdek, Tojikiston (ösiş 51,8 foiz yoki 336,7 ming kişi), Qirğiziston (ösiş 17,7 foiz yoki 84,6 ming kişi), Qozoğiston (ösiş 118,3 foiz yoki 62 ming kişi), Ozarboyjon (ösiş 21,1 foiz yoki 16,6 ming kişi), Vetnam (ösiş 900 foizdan oşiq yoki 8 ming kişi), Turkiya (ösiş 12,9 foiz yoki 2 ming kişi), Turkmaniston (ösiş 100 barobar yoki 1,6 ming kişi) va Xitoy (ösiş 12,2 foiz yoki 1,3 ming kişi)dan fuqarolar kirib kelgan.

Rossiyaga kelayotgan mehnat migrantlari sonida pasayiş kuzatilayotgan davlatlar ham bor. Bu borada Armaniston yetakçi (kamayiş 8,7 foiz yoki 15,6 ming kişi). Şuningdek, Ukraina (kamayiş 52,3 foiz yoki 8,3 ming kişi), Serbiya (kamayiş 19,8 foiz yoki 880 kişi), Germaniya (kamayiş 19,3 foiz yoki 752 kişi), Fransiya (kamayiş 22,2 foiz yoki 548 kişi), Italiya (kamayiş 20,8 foiz yoki 541 kişi), AQŞ (kamayiş 29,5 foiz yoki 410 kişi), Çexiya (kamayiş 47,8 foiz yoki 361 kişi), Avstriya (kamayiş 36,4 foiz yoki 341 kişi), va Niderlandiya (kamayiş 37 foiz yoki 275 kişi) kabi davlatlardan migrantlar oqimi pasaygan.

Yil davomida migrantlarni migratsiya hisobiga röyxatga oliş va qayta röyxatga oliş faktlari soni 11,8 million martani taşkil etgan. Qaydga olişlarning 40 foizi Moskva va Moskva oblastida amalga oşirilgan. Migrantlar, şuningdek Sankt-Peterburg şahri va Leningrad oblasti, Krasnodar ölkasi, Irkutsk oblasti, Sverdlovsk oblasti, Amur oblasti, Primore ölkasi, Tatariston, Krasnoyarsk ölkasida köproq qaydga olingan. Migrantlar uçun eng jozibasiz hudud Nenetsk avtonom okrugi bölgan: bu yerda bor-yöği 2 ming marta qayd amalga oşirilgan.

2022 yilning noyabrida Rossiya hukumati Davlat dumasiga migratsion hisobni qayta taşkillaştiriş töğrisidagi qonun loyihasini kiritgan edi. U IIVga mehnat migrantlarining hujjatlarini rasmiylaştiriş va turar joyiga köra qaydga oliş böyiça “pasport-viza servisi” idoraviy Federal davlat unitar korxonasi hamda Moskvadagi profil MFs “migratsiya” markazi xizmatidan foydalanişni kengaytiradi. Rossiya hukumatidagilar bu migrantlarning Rossiyaga işlaş uçun kirib keliş jarayonini legallaştirişda yordam beradi, deb hisoblaşmoqda. Lekin prezident huzuridagi inson huquqlari Kengaşi qonun loyihasiga keskin tanqidiy taqriz bergan.