RF mudofaa vaziri Sergey Şoyguning kuyovi Aleksey Stolyarov jurnalist Yuriy Dudning uruşga qarşi yozilgan postiga layk qöydi. OAV bunga e’tibor qaratgaç, Stolyarov postni layklaganini rad eta boşladi.
Stolyarovning layk Dudning instagramda Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqinining bir yilligi munosabati bilan qoldirgan postida paydo bölgan, jurnalist bu postda bölayotgan hodisalarni «Putin va uning atrofidagilar tomonidan boşlangan qonli va ma’nosiz uruş» deb atagan.
Tez orada Dudning postidagi layk ğoyib böldi, Stolyarovning özi esa instagramida «heç narsani layklamagani»ni aytdi. «Özingizni fotoşop orqali manipulyatsiya qilişlariga yöl qöymang. Barçani quçib qolaman!» — deya yozdi u.
«Poligon.media» naşri esa Stolyarov muqaddam Dudning instagram sahifasidagi boşqa ikki postga ham layk bosgani haqida yozdi. Layklardan birini u rejissyor Aleksandr Moloçnikov bilan intervyuga, ikkinçisini — «Novaya Gazeta» boş muharriri Dmitriy Muratov bilan intervyuga qöygan.
Stolyarovning laykiga «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin ham e’tibor qaratdi. «Stolyarovni qölga olib, mening oldimga olib keliş kerak. Men Z-xizmatkor sifatida uni olti hafta öqitib, unga tuzalişga yordam beraman va uni harbiy harakatlar hududiga yuboraman», — degan biznesmen.
- Yevgeniy Prigojin sönggi haftalarda mudofaa vazirligi va uning rahbariyatini, jumladan şaxsan Şoyguni ham tanqid qilmoqda. 22 fevral kuni u vazirni «Vagner»ning Baxmut atrofidagi yirik yöqotişlarida ayblab, agar mudofaa vazirligi yollanma jangçilarni öq-dorilar bilan ta’minlaganida, bu yöqotişlar bölmagan bölişi haqida aytgandi.


















