Multimilliarder Ilon Maskning SpaceX kosmik korporatsiyasi Florida ştatidagi Kanaveral burnida rejalaştirilgan uçirilişidan ikki daqiqa oldin Falcon-9 raketasining Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) parvozini keçiktirdi. Qarorga yerdagi tizimlar bilan boğliq muammolar sabab böldi, deb ma’lum qildi AQŞning NASA kosmik agentligi 27 fevral, duşanba kuni Twitter'da.
Uning ma’lumotlariga köra, birinçi bosqiçli dvigatellardan biriga işga tuşiriş uçun işlatiladigan trietilalyuminiy va trietilboran aralaşmasini yuklab bölmagan. Yonilği qayta çiqarib olindi, ekipaj kemani tark etişga majbur böldi.
Crew Dragon kosmik kemasi amerikalik astronavtlar Stiven Bouen va Uorren Xoburg, rossiyalik kosmonavt Andrey Fedyayev va Birlaşgan Arab Amirliklaridan astronavt Sulton al-Nejadiyni orbitaga olib çiqişi kerak edi. NASA rahbari Bill Nelson uçirişni keçiktiriş qarorini qöllab-quvvatladi va ekipaj xavfsizligiga ustuvor ahamiyat qaratdi. «Insonning koinotga uçişi xavfli iş va har doimgidek, biz tayyor bölganda uçamiz», - deya qöşimça qildi u.
Agar texnik muammolar şu vaqtgaça hal etilsa, 2 mart, payşanba kuni yangi uriniş amalga oşiriladi. Tört kişidan iborat jamoa XKSda olti oyni ötkazadi.

















