Belarus rahbari Xitoyga davlat taşrifi bilan keldi. Aleksandr Lukaşenkoning samolyoti 28 fevral, seşanba kuni Pekin aeroportiga qöndi.
Belarus rahbarining sözlariga köra, u özining «eski dösti», XXR raisi Si Jinping bilan uçraşişni intiqlik bilan kutmoqda, deb xabar berdi «Sinxua» axborot agentligi.
Taşrif oldidan agentlik bilan suhbatda Lukaşenko Pekinning Ukraina böyiça pozitsiyasini «uning tinçliksevar taşqi siyosatining dalili, şuningdek, butun dunyo uçun keng kölamli oqibatlarga olib keladigan yangi va mustaqil qadami» sifatida yuqori baholadi. «Bugungi kunda dunyoda birorta muammoni Xitoysiz hal qilib bölmaydi», deb qöşimça qildi Aleksandr Lukaşenko.
Belarus rahbarini aeroportda taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ma Çjaosyuy va Xitoyning Belarusdagi elçisi Se Syaoyun kutib oldi. Uçraşuvda Belarus boş vazirining birinçi örinbosari Nikolay Snopkov, taşqi işlar vaziri Sergey Aleynik, Belarusning Xitoydagi elçisi Yuriy Senko ham iştirok etdi.
Asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va humanitar hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş, siyosiy sohada özaro hamkorlik, xalqaro maydondagi eng keskin çaqiriqlarga javob berişga qaratiladi, deb xabar qildi BelTa.
Pekinda Lukaşenko XXR yuqori mansabdor şaxslari, yetakçi Xitoy korporatsiyalari rahbariyati bilan ham bir qator uçraşuvlar ötkazadi. Muzokaralar yakuniga köra, yirik hujjatlar töplami imzolanişi kutilmoqda.

















