Daniyaning bir palatali parlamenti – Folketing mamlakatda 17-asrdan beri nişonlanib kelinayotgan Buyuk Ibodat kunining davlat bayrami sifatidagi maqomini bekor qiliş uçun ovoz berdi. 28 fevral, seşanba kuni qabul qilingan qarorni 95 deputat qöllab-quvvatladi, 68 deputat qarşi çiqdi. Boş vazir Mette Frederiksen (sotsial-demokrat) hukumati tomonidan ilgari surilgan çora mudofaa budjetini moliyalaştirişni köpaytirişga qaratilgan. Vazirlar mahkamasi hisob-kitoblariga köra, qöşimça iş kuni davlat ğaznasiga taxminan uç milliard Daniya kronasini (400 million yevro) olib kelişi kerak.
Hukumat 2033 yilda emas, balki 2030 yilda NATO talab qiladigan YaIMning ikki foizini taşkil etiş maqsadiga erişiş uçun mudofaa budjetiga qöşimça daromad sarflaş niyatida. Bu harakat Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi fonida zarur, dedi Frederiksen.
«Menimça, yana bir kun işlaş muammo emas», dedi hukumat rahbari. Uning sözlariga köra, rasmiylar mudofaa, xavfsizlik, soğliqni saqlaş va yaşil özgarişlar böyiça «katta xarajatlar»ga duç kelişmoqda va «manevr qiliş uçun moliyaviy imkoniyat yöq».
Yangi hukumat tegişli rejalarni 2022 yil dekabr oyida e’lon qildi.
Daniya kasaba uyuşmalari konfederatsiyasi bunga javoban norozilik petitsiyasini boşlab yubordi, unda 470 mingdan ortiq imzo töplandi. Birlaşgan kasaba uyuşmalari harakati ham hukumatni referendum ötkazişga çaqirdi. Biroq taşkilotçilar taklifni referendumga qöyiş uçun zarur bölgan qöllab-quvvatlovni ololmadi. Fevral oyi boşida Kopenhagendagi parlament binosi oldiga 50 mingga yaqin odam hukumat rejalariga qarşi norozilik namoyişiga çiqqan edi.

















